Anons

Respublika bolalar kutubxonasi tadbirlari

E’lon qilingan sana· 136
Respublika bolalar kutubxonasi tadbirlari

Hafta davomida kutubxonada turli yoshdagi kitobxonlar uchun mo‘ljallangan mahorat darslari, to‘garaklar, mutolaa mashg‘ulotlari va konsertlar taklif etadi. Dastur bolalar, o‘smirlar va kattalarning qiziqishlariga moslab tuzilgan bo‘lib, rus, o‘zbek va ingliz tillarida olib boriladi. Tadbirda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

15-may, Payshanba

  • 17:00−18:00 — “Scratch"da dasturlash bo‘yicha mahorat darsi;
    Yosh chegarasi: 10−14 yosh
    Tili: oʻzbek, rus

16-may, Juma

  • 11:00−12:00 — Marhabo Aminova bilan Karli Gledxillning “Qurbaqa ta’tilga chiqmoqda” rasmli kitobining mutolaasi;
    Yosh chegarasi: 5 yoshgacha
    Tili: ingliz

  • 16:00−17:00 — Muhammadamin Raupov tomonidan shaxmat toʻgaragi, oʻyinning asoslari haqida;
    Yosh chegarasi: 7 yoshdan
    Tili: oʻzbek, rus

17-may, Shanba

  • 12:00−13:00 — Vokal musiqa konserti

  • 13:00−14:00 — Shahzoda Jo‘rayeva bilan birga yozuvchi Dinara Mo‘minovaning “Nega yulduz tushmaydi?” asarining mutolaasi;
    Yosh chegarasi: 7 yoshdan
    Tili: oʻzbek

  • 16:00−17:30 — Stol oʻyinlari toʻgaragi va kutubxona toʻlammi bilan tanishuv;
    Yosh chegarasi: 6 yoshdan

  • 18:00−19:30 — Amina Mammayeva bilan A.P.Chexovning “Olcha bog‘i” pyesasining muhokamasi
    Yosh chegarasi: yoʻq
    Tili: rus

18-may, Yakshanba

  • 11:30−12:30 — Preventiv psixoterapevt shifokor Gulhayo Komiliy ishtirokida ayollar uchun terapevtik to‘garak;
    Tili: oʻzbek

  • 12:00−13:00 — Vokal musiqa konserti;

  • 18:00−19:30 — O‘smirlar va kattalar uchun stol o‘yinlari ixlosmandlari to‘garagi
    Yosh chegarasi: 16 yoshdan
    Tili: oʻzbek, rus

  • 16:00−17:00 — Kutubxona hamjamiyatining ota-onalar yig‘ini.
    Tili: oʻzbek

Kirish bepul.

Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval