Anons

Yosh musiqachilar konserti

E’lon qilingan sana· 566
Yosh musiqachilar konserti

Respublika bolalar kutubxonasi majlislar zalida yosh musiqachilarning konserti bo‘lib o‘tadi.

Kutubxonaning musiqa xonasida muntazam ravishda repetitsiyalar, chiqishlarga tayyorgarlik va mashg‘ulotlar o‘tkazilib, o‘quvchilar ritmni his qilishni va notalarni varaqdan o‘qishni o‘rganadi. O‘tgan yildan musiqa maktablari o‘quvchilari ishtirokida mavsumiy konsertlar o‘tkazish an’anasi yo‘lga qo‘yildi.

Navbatdagi konsertda yosh musiqachilar sevimli asarlarini ijro etadi. Dasturda mumtoz va estrada musiqasi, shuningdek, mashhur filmlardan kuylar o‘rin olgan. Tomoshabinlar fortepiano, saksofon, gitara va vokal ijrolarini tinglashadi. Konsertni kutubxonaning musiqa sinfi o‘qituvchisi Zuhra Abdullayeva olib boradi.

Ishtirok etish bepul.

Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval