Respublika bolalar kutubxonasida Xalqaro bolalar kuni bayrami

Respublika bolalar kutubxonasi 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan rang-barang, ijodiy va interaktiv mashg‘ulotlarga taklif etadi.
Kutubxona hovlisida, ochiq havoda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar davomida bolalar hikoya aytib, rol o‘ynab, mozaika terib, xor aytadi va xalqaro mehmonlar bilan ijodiy uchrashuvda qatnashadi.
Dastur:
Circuit laboratoriyasi yozgi kurslari taqdimoti
Joy: Kovorking zali
Vaqt: 13:00−14:00
Tili: o‘zbek va rus
Zamonaviy texnologiyalarga qiziqish qanday shakllanadi? Necha yoshdan va nimadan boshlash kerak? Ota-onalar bu jarayonda qanday yordam bera oladi? Shu va boshqa savollar yuzasidan Aksiniya Leontyeva bilan suhbat boʻlib oʻtadi.
“Circuit” yozgi kurslarida robototexnika, dasturlash, “Procreate"da 3D modellar va kollajlar yaratish kabi yo‘nalishlar bilan tanishtiriladi. Qaysi yoshdagi bolaga nima mos kelishi, ta’lim strategiyasini qanday tanlash mumkinligi boʻyicha amaliy tavsiyalar beriladi. Yakunda so‘rovnoma to‘ldirib, yozgi ta’lim bo‘yicha maslahatlar beriladi.
Fransuz adibasi Klea Dyedonne bilan “Pop-ap” kitob ustaxonasi
Joy: Majlislar zali
Vaqt: 13:00−14:30
Tili: ingliz, o‘zbek va rus tillariga sinxron tarjima
Tavsiya etilgan yosh: 6+
Fransuz rassomi va “Bologna Ragazzi Award” sovrindori Klea Dyedonne bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi. U bilan birga uzunligi 3 metr bo‘lgan “Megalopolis” kitobi sahifalari boʻylab sayr qilish mumkin. Bu kitobda ko‘chalar, derazalar va qahramonlar orasida kezish, tafsilotlarni topish mumkin. “Pop-ap” kitoblar qanday yaratilishini o‘rganib, jamoaviy tarzda rasmli shahar yasash mumkin.
Klea Dyedonne bilan “Pop-ap” niqoblar ustaxonasi
Joy: Kovorking zali
Vaqt: 15:00−16:30
Tili: fransuz tili
Tavsiya etilgan yosh: 6+
Fransiyalik muallifi Klea Dyedonne bilan “Mascarade” (“Niqoblar sayli”) rasmli kitobi bilan tanishuv — bu yerda hayvonlar obrazlarida ularning ovozi oʻxshatishadi. Ustaxonada o‘z “pop-ap” niqoblar yasab, kitob qahramonlariga aylanish imkoni mavjud.
Mozaika bo‘yicha mahorat darsi (9−12 yosh)
Joy: Kutubxona hovlisi
Vaqt: 17:00−19:00
Tavsiya etilgan yosh: 9−12
Dog‘istonlik rassom Jamila Shoh bolalar bilan birga gullardan ilhomlangan mozaika buyumlarini yaratadi. Ishtirokchilar tosh va shishani yorish, terish usullari va kompozitsiya tuzishni o‘rganadi. Mashg‘ulotda Rim mozaikalarining mumtoz uslubi va Dog‘iston madaniyatiga xos ramzlar bilan tanishadi.
“Lyngo Theatre” ijrosida “Kichkina shahzoda” spektakli (5+)
Joy: Majlislar zali
Vaqt: 17:30−18:30
Tili: ingliz tilida, o‘zbek va rus tillariga sinxron tarjima bilan
Tavsiya etilgan yosh: 5+
Britaniyalik “Lyngo Theatre” aktyorlari ijrosidagi bu sahna asari — qalb, do‘stlik va bolalik haqida hikoya qiladi. Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asari sayyoralar, g‘aroyib qahramonlar va mehr-muhabbat izidan boradi. Spektakl barcha yoshdagi tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan.
Harakatli o‘yinlar (5+)
Joy: Kutubxona hovlisi
Vaqt: 18:00−19:00
Tili: o‘zbek va rus tillari
Tavsiya etilgan yosh: 5+
Ishtirokchilar o‘zbek mahalla o‘yinlari va jahon xalqlarining klassik harakatli o‘yinlari bilan tanishadi. “Dengiz mavjlanmoqda — bir”, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Baliqchilar va baliqlar”, “Laylak keldi” kabi mashhur o‘yinlar birgalikda o‘ynaladi.
Xor ijrochiligi bo‘yicha mahorat darsi (9+)
Joy: Kutubxona hovlisi
Vaqt: 19:00−20:30
Tavsiya etilgan yosh: 9+
Tili: Oʻzbek,rus va ingliz
Bolalar va kattalar uchun ochiq havoda o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi qo‘shiqlarni birga kuylash mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar xalq ogʻzaki qo‘shiqlari, estrada xitlari va allalarni kuylashni oʻrganadi. Maxsus tayyorgarlik talab etilmaydi.
Mahorat darsi britaniyalik musiqachilar tomonidan yaratilgan “Hot Horist” loyihasi doirasida tashkil etiladi. Bu loyiha qatnashchilarni jonli kompozitsiyalarni birgalikda kuylash, ovoz uyg‘unligini his qilish va musiqiy hamnafaslikdan zavq olishga qaratilgan.
Joylar soni cheklangan. Oldindan roʻyxatdan oʻtish soʻraladi.
Kutubxonaning acdflibrary.uz rasmiy sayti orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim.