Toshkentda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan otliq paradi boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 549
Toshkentda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan otliq paradi boʻlib oʻtadi

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 1-iyun kuni soat 18:00 da Amir Temur xiyoboni boʻylab, otli parad boʻlib oʻtadi. Bu haqda Ma’naviyat va ma’rifat markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Milliy gvardiya boshchiligida oʻtkazilishi anʼanaga aylangan paradda Toshkent shahri hamda viloyati kuch tuzilmalarining otliq boʻlinmalari ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, bu kabi tadbirlar muhim sanalar oldidan respublika boʻylab oʻtkaziladi. Shuningdek, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 3 kun davomida viloyatlar kesimida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling