Anons
Respublika bolalar kutubxonasida mahorat darslari va tadbirlar
E’lon qilingan sana: · 141

Respublika bolalar kutubxonasi turli xil yoshdagi kitobxonlarga mo‘ljallangan mahorat darslariga taklif qiladi.
Jadval:
12-iyun
- 16:00 — 17:00 — Erkin ijodxona ustaxonasi;
Yosh chegarasi — 6−11 yosh.
Ishtirokchilar oʻz fikr va his-tuygʻularini erkin ijodiy ishlar orqali koʻrsatish imkoniga ega boʻlishadi. Yakka va guruh tarkibida bolalar rasm chizib, turli buyumlar yaratishdi.
13-iyun
Kichik transformerlar zali
- 11:00 — 12:00 — Jajji kichkintoylar uchun inglizcha kitoblar toʻgaragi;
Yosh chegarasi — 5 yoshgacha
Tili — inglizIshtirokchilar Marhabo Aminova bilan ingliz yozuvchisi Marvin Xarrisonning “I love me” (Men oʻzimni sevaman) rasmli kitobchasini mutolaa qilishadi. Ota-onalardan birining ishtiroki talab etiladi.
Kichik trasnformerlar zali
- 16:00 — 17:00 — Erkin ijodxona ustaxonasi;
Yosh chegarasi — 6−11 yoshIshtirokchilar oʻz fikr va his-tuygʻularini erkin ijodiy ishlar orqali koʻrsatish imkoniga ega boʻlishadi. Yakka va guruh tarkibida bolalar rasm chizib, turli buyumlar yaratishdi.
Amfiteatr
- 19:30 — 20:30 — Yosh shoirlarning ochiq mikrofoni;
Yosh chegarasi — 16 yoshdan
Tili — oʻzbek, inliz, rusIjodiy kecha mavzusi — ulgʻayish yoʻli, ishtirokchilar shu mavzudagi oʻzlarining she’rlarini roʻyxatdan oʻtish paytida ilova qilib oʻtishlari soʻraladi.
14- iyun
Kichik transformerlar zali
- 13:00 — 14:00 — Bolalar kitob toʻgaragi;
Yosh chegarasi — 6−10 yosh
Tili — oʻzbekIshtirokchilar radio boshlovchi Shaxzoda Joʻrayeva bilan “Ertakdan qochgan qargʻa” kitobini mutolla qilishadi.
Kichik trasformerlar zali
- 17:00 — 18:00 — Oʻsmirlar uchun moliyaviy savodxonlik;
Yosh chegarasi — 12 yoshdan
Tili — oʻzbek va rusIshtirokchilar O‘zbekiston Markaziy banki yetakchi mutaxassislari ishtirokida moliyani oqilona boshqarish va bank xizmatlaridan foydalanishni o‘rganishadi.
Majlislar zali
- 18:00 — 19:30 — Yozuvchi Goʻzal Yaxina bilan uchrashuv;
Yosh chegarasi — 14 yoshdan
Tili — rus, oʻzbek tiliga sinxron tarjimaIshtirokchila “Zulayho ko‘zini ochyapti”, “Bolalarim” va “Samarqandga eshelon” romanlari muallifi Goʻzal Yaxina bilan suhbatlashishadi. Arxiv manbalar bilan qanday ishlash, hujjatlilik va to‘qima o‘rtasidagi chegara qaysi nuqtadan o‘tishi haqida muhokama qilishadi.
15 — iyun
Majlislar zali
- 12:00 — 13:00 —Kamer musiqa konserti;
Konsertda Rixard Shtraus, Sergey Raxmaninov, Klod Debyussi, Boguslav Martinning g‘ijjak, violonchel va fortepiano uchun asarlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari ijrosida yangraydi.
Kichik trasformerlar zali
- 16:00 — 17:00 — Erkin ijodxona ustaxonasi;
Yosh chegarasi — 6−11 yoshIshtirokchilar oʻz fikr va his-tuygʻularini erkin ijodiy ishlar orqali koʻrsatish imkoniga ega boʻlishadi. Yakka va guruh tarkibida bolalar rasm chizib, turli buyumlar yaratishadi.
Kirish bepul.
Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.