Anons
Respublika bolalar kutubxonasi tadbirlari
E’lon qilingan sana: · 85

Respublika bolalar kutubxonasi 10−12-iyul kunlari turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun kitob mutolaasi, ijodiy mashg‘ulotlar, shaxmat va stol o‘yinlari to‘garaklarini tashkil etadi. Mashg‘ulotlar bolalar va o‘smirlarning qiziqishlariga moslab tuzilgan bo‘lib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Tadbirda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
10-iyul, Juma
- 11:00−11:30 — Nigora Rahimova bilan “Pijamam qayerda?” kitobining mutolaasi;
Yosh chegarasi: 5 yoshgacha
Tili: o‘zbek
11-iyul, Shanba
- 13:00−14:00 — Shahzoda Jo‘rayeva bilan Yoxanna Spirining “Xaydi” kitobi mutolaasi va muhokamasi;
Yosh chegarasi: 6−10 yosh
Tili: o‘zbek - 14:00−15:00 — Sahna nutqi to‘garagi: kichik etyudlar, hikoyalar va dialoglar ustida ishlash;
Yosh chegarasi: 6−10 yosh
Tili: o‘zbek, rus - 14:00−15:00 — Shahobiddin Rasulov bilan shaxmat to‘garagi;
Yosh chegarasi: 6−10 yosh
Tili: o‘zbek, rus - 16:00−17:30 — Stol o‘yinlari to‘garagi: “Uch mushuk: betakror surat”, “Qaroqchilar afsonasi”, “Elli va Totoshkaning sarguzashtlari”;
Yosh chegarasi: 6−10 yosh
Tili: o‘zbek, rus
12-iyul, Yakshanba
- 13:00−14:00 — Gulchehrabegim Mahmudovaning “Zamon ruhining sayohatlari” kitobi mutolaasi va muallif bilan uchrashuv;
Yosh chegarasi: 6−10 yosh
Tili: ingliz - 16:00−17:30 — O‘smirlar uchun stol o‘yinlari to‘garagi: “Katan: Mustamlakachilar”, “Xaritashunoslar”, “Graviti Folz”;
Yosh chegarasi: 11 yoshdan
Tili: o‘zbek, rus
Kirish bepul.
Tadbirlarga oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi, joylar soni cheklangan.
Jadval
10dan 12-iyulgacha
Toshkent, Yaxyo G'ulomov ko‘ch., 47