O‘zbekistonlik rejissyor Emir Kusturitsaning kinofestivalida mukofot oldi

E’lon qilingan sana· 138
O‘zbekistonlik rejissyor Emir Kusturitsaning kinofestivalida mukofot oldi

BDKI (Butunrossiya davlat kinematografiya instituti) Toshkent filialining xabar berishicha, talaba Timur Murodov Kustendorf xalqaro kino va musiqa festivali g‘olibi bo‘ldi.

Bu Serbiyaning Bosniya va Gersegovina bilan chegarasida joylashgan Drvengrad etnik qishlog’ida 2008-yildan beri har yili o’tkaziladigan festival. Kustendorfning yaratuvchisi va rejissyori rejissyor Emir Kusturitsa, u shuningdek, festival tufayli Kustendorf nomi bilan mashhur bo’lgan Drvengrad qishlog’ining asoschisi.

Murodovning «Kasseta» qisqa metrajli filmi olti nominatsiyadan birida g‘olib bo‘ldi. Tanlovda jami 30 davlatdan 374 ta kinokartina ishtirok etdi.

Emir Kusturitsa mukofotni shaxsan o’zi topshirdi va Timurga kino maktabi doirasida hamkorlik qilishni taklif qildi.

«Kasseta» filmi Toshkent kinofestivalida o‘tkazilgan «Kino 5 kun ichida» tanlovi doirasida suratga olindi. Kshishtof Zanussi raisligidagi xalqaro hakamlar hay’ati filmni tanlovda g‘olib deb topdi va 15 000 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling