"San'at haqida kino" loyihasi uchrashuvi

139 Documentary Center`da “San'at haqida kino” loyihasi bilan ingliz tilida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. “Kadrga olinmagan baxtli inson hayoti” hujjatli filmi va 2 ta qisqa metrajli eksperimental film namoyish etiladi.
Yonas Mekasning 90 yoshga to‘lishidan bir necha oy oldin ishlangan bu film uning 1960−2000 yillardagi badiiy filmlarda ishlatilmagan qisqa sahnalari haqidagi kinokundaliklarining so‘nggi qismidir. Mekas butun umri davomida izlab kelgan o’tkinchi go’zallikning o’chgan suratlari lirik ovozli sharhlar bilan birga tasvirlanadi. Bu uning o’z ijodi, kinosi, hayoti, sayohatlari va bularning barchasini baham ko’rish baxtiga muyassar bo’lganlar bilan xayrlashuv nigohidir.
Rejissyor Yonas Mekas, “Amerika avangard kinosining cho’qintirgan otasi” deb tan olingan rassomdir.
Namoyishdan so‘ng ingliz tilida suhbat o‘tkaziladi.
Tadbir moderatori kinotanqidchi, eksperimental rejissyor va murabbiy Anjela Trofimova.
Ishtirok etish uchun to‘lov: 50 000 so‘m.
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 99−926−0139.
- Sana27 aprel, 19:00