CinemaCon 2023 tadbiridagi barcha eʼlonlar va kino yangiliklari

E’lon qilingan sana· 675
CinemaCon 2023 tadbiridagi barcha eʼlonlar va kino yangiliklari

"Barbi", "Dyuna 2", "Kung-fu Panda 4", Erkyul Puaroning yangi sarguzashtlari, Kristofer Nolanning "Oppengeymer"i va boshqa ko'p yangi filmlar haqida batafsil ma'lumotlar kutmoqda.

24-apreldan 28-aprelgacha Las-Vegasda Caesar Palace mehmonxonasida har yili bo’ladigan CinemaCon tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir boshqa yirik kinofestivallardan farq qiladi, chunki uning asosiy yo‘nalishi kinoteatrlar va ularning jihozlariga qaratilgan.

Ammo dunyodagi ba’zi eng yirik studiyalar o’zlarining bo’lajak blokbasterlarini namoyish qilish uchun yillik tadbirga shoshilishadi. Ushbu studiyalar orasiga Disney, Paramount, Sony Pictures, Universal va Warner Bros kiradi. Afsuski, CinemaCon har doim keng jamoatchilik uchun yopiq bo’lgan. Chiptalar sotuvga chiqarilmaydi. Yig’ilganlar orasida faqat ommaviy axborot vositalari va soha vakillari bor.

Biz studiyalarning taqdimotlaridan barcha muhim yangiliklarni to’pladik va spoylerlarsiz taqdim etishga harakat qildik. Agar biz filmning treyleri haqida yozgan bo’lsak, lekin unga havola bermasak, demak, bu video hali internetda mavjud emas va faqat tadbirga tashrif buyuruvchilarga ko’rsatilgan.

Warner Bros. Discovery

Warner Bros. Discovery studiyasining kayfiyati rangi — pushti. Studiyaning kinoprokat bo‘limi rejissyorlari pushti kostyumlar va Barbi qiz qo‘shig‘i ostida sahnaga chiqishdi.

Margo Robbi va Rayan Gosling ham pushti ko’rinishga ega edi. Shaxsiy tadbirda Greta Gervigning filmidan parcha taqdim etildi, unda Ken rolini o’ynagan juda mashhur aktyorlardan biri namoyish etildi. 21-iyulni intiqlik bilan kutamiz.

Deni Vilnev, Timoti Shalame va Zendaya ikkinchi “Dyuna” haqida suhbatlashdi va debyut treylerini taqdim etishdi. Film to‘liq IMAX formatida suratga olingan va Shalamening so’zlariga ko’ra, Pol Atreides minib olgan ulkan qurt modeli sahnalar uchun yaratilgan. Birinchi filmdagi aktyorlar qatoriga Florens Pyu, Lea Seydu va Ostin Batler qo’shilgan. Ikkinchi “Dyuna"ning treyleri shu yerda tomosha qilishingiz mumkin. Film 1-noyabrda namoyish etiladi.

Timoti Shalame “Dyuna"dan tashqari o‘zi bosh rolni ijro etgan “Vonka” filmining treylerini ham taqdim etdi. Shalame o‘z nutqida film ustida ishlayotganda juda ko‘p shirinliklar yeyishga majbur bo‘lganini, suratga olish maydonchasida esa haqiqiy shokoladda cho‘milganini aytdi. Film butun dunyo bo’ylab 15-dekabrda namoyish etilishi kutilmoqda.

Shuningdek, film haqida batafsil ma’lumotni o’z ichiga olgan “Flesh” filmining yangi treyleri namoyish etildi. Ezra Miller taqdimotda qatnashmadi, biroq rejissyor Endi Muskietti aktyorni maqtovlar bilan siyladi. Kiton va Afflek ham tadbirda ishtirok etishmadi. Film 16-iyun kuni namoyish etiladi.

“Akvamen va yo‘qolgan qirollik” filmining treyleri ham namoyish etildi. Film 2023-yilning eng kutilgan filmlaridan biri ekanligini isbotladi, chunki u Jeyms Gann boshchiligidagi yangi koinotga o’tishdan oldin DC Kengaytirilgan Koinotining so’nggi filmi bo’ladi. Jeyson Momoa Artur Karri/Akvamen rolini takrorlaydi. Shuningdek, bosh rollarda: Patrik Uilson Orm Marius rolida, Yahyo Abdul-Matin II Devid Keyn/Qora Manta rolida, Temuera Morrison Tom Karri rolida, Nikol Kidman Atlanna rolida, Amber Xerd Mera rolida va Rendall Park doktor Stiven Shin rolida. 20-dekabrdan ekranlarga chiqadi.

Bundan tashqari, Elis Uokerning romani asosidagi va shu nomdagi brodveycha myuziklning adaptatsiyasi bo‘lgan “Binafsha rang” musiqiy filmining treylerini namoyish qilishdi. Prodyuserlar orasida Opra Uinfri va Stiven Spilberg ham bor. Premyera 25-dekabr kuni bo’lib o’tadi.

“Qarg'ish” (Conjuring) olamida suratga olingan 2018-yilda mashhur horror filmning to‘g‘ridan-to‘g‘ri davomi bo‘lgan “Nun 2” filmining yana bir treyleri namoyish etildi. Film rejissyori — Maykl Chaves. Premyera 7-sentyabr kuni bo’lib o’tadi.

CinemaCon 2023 ning asosiy yangiliklaridan biri Warner Bros`ning Tim Burton tomonidan 1988-yilda ishlangan mashhur “Beetlejuice” filmining davomi ishlanayotganini tasdiqlashi bo’ldi. Xabarlarda aytilishicha, tadbirda filmning logotipi ham namoyish etilgan. Boshqa tafsilotlar e’lon qilinmadi, biroq ushbu e’lon filmning davomi chiqish-chiqmasligi haqidagi barcha mish-mishlarga chek qo’ydi.

Bundan tashqari, batafsil ma’lumotlarsiz, Jeyson Steytem ishtirokidagi “Meg 2: Tub” filmining treylerini namoyish etishdi, film 4-avgustda chiqadi. Shuningdek, Anya Teylor-Joy va Kris Xemsvort ishtirokidagi “MadMax” filmining prikveli “Furiosa” filmining treyleri ham taqdim etildi. Premyera 2024-yil 22-mayga rejalashtirilgan.


Disney

Rejissyor Tayka Vaytitining “Keyingi gol — g‘alaba goli” filmining birinchi treyleri namoyish etildi. Syujet dunyoning eng zaif jamoalaridan biri hisoblangan Amerika Samoasi milliy futbol jamoasini boshqaradigan murabbiy haqida. Maykl Fassbender bosh rolni ijro etadi. Film 17-noyabrda namoyish etiladi.

“Frozen” rejissyorlaridan biri Kris Bak tomonidan ishlanayotgan “Orzu” multfilmining treyleri taqdim etdi. Hikoya o’z mamlakatiga yordam berish istagini bildirgan va yulduzlar qudratiga ega bo’lgan qiz haqida. Aktyorlar tarkibiga Kris Payn ham qo’shildi, u qirol Magnifiko rolini ovozlashtiradi. Premyera 22-noyabr kuni bo’lib o’tadi.

Venetsiyadagi arvohlar” filmining ilk treyleri namoyish etildi. Bu Kennet Brananing Erkyul Puaroning sarguzashtlari haqidagi uchinchi filmidir. Film Agata Kristining “Hellouin bayrami” romani asosida suratga olingan. Brana bilan birga ushbu detektivda Mishel Yeo, Jeymi Dornan, Tina Fey va Kelli Rayli o’ynagan. Premyera 14-sentyabr kuni bo’lib o’tadi.

“Godzilla” va “Rogue One” filmlari rejissyori Garet Edvardsning fantastik jangovar filmi o’z nomini o‘zgartirdi. Avvaliga “Haqiqiy sevgi” deb nomlangan bu film, endi “Yaratuvchi” deb nomlanadi. Film odamlar va ular tomonidan yaratilgan androidlar o’rtasidagi urush haqida hikoya qiladi. Filmning birinchi treyleri yopiq eshiklar ortida namoyish etildi va tomoshabinlarning fikricha, “hammasi juda ajoyib”.

“Elementar” serialidan, beshinchi “Indiana Jones"dan, “The Little Mermaid” va “Haunted Mansion” filmlaridan parchalar taqdim etildi. Spoylerlar bor ekanligi tufayli biz ularni o’tkazib yuboramiz.


Sony Pictures

Aaron Teylor-Jonson oldindan yozib olingan videoda tadbir ishtirokchilari bilan salomlashdi. Uning so’zlariga ko’ra, o’zi suratga tushgan “Kreyven ovchi” nomli film Marvel va Sony kompaniyasining R-reytingidagi ilk filmi bo’ladi. Filmning ikki daqiqalik tizer treyleri namoyish etildi. Premyera 6-oktyabr kuni bo’lishi kutilmoqda.

Shuningdek, “O'rgimchak odam: Koinotlar to’ri” multfilmining 14 daqiqasi ko’rsatildi. Unda birinchi filmdagi voqealardan keyin Gven Steysi va Maylz Morales o’rtasidagi birinchi uchrashuv ko’rsatilgan. Premyera — 31 may kuni.

Ridli Skottning Napoleon Bonapart haqidagi tarixiy filmidagi jangovar sahnani ko‘rsatildi, unda Napoleon jang paytida Avstriya va Rossiya birlashgan qo‘shinlarini yengib o‘tish uchun maxsus taktikadan foydalanadi. Napoleon rolini Oskar sovrindori Xoakin Feniks ijro etgan. Jozefina rolini Vanessa Kirbi o’ynagan.

Orlando Blum va Devid Xarbor Nil Blomkampning Gran Turismo filmining yangi treylerini namoyish qilishdi. Film haqiqiy Gran Turismo video o’yinchisi, professional poyga mashinasi haydovchisiga aylangan Jann Mardenboro hayotiga asoslangan. Film premyerasi 11-avgustga rejalashtirilgan.

Ikki karra “Oskar” sovrindori Denzel Vashington “Xaloskor 3” (Equalizer 3) filmining birinchi treylerini taqdim etdi, unda u Robert Makkol rolini takrorlaydi. Film Robertning hikoyasida “oxirgi bob” sifatida tasvirlangan.

Astral: Qizil eshik” filmining kengaytirilgan treyleri chiqdi. Film mashhur franshizaning beshinchi qismi bo’lib, dastlabki ikkita asl film voqealaridan 10 yil o’tib sodir bo’ladi. “Astral 5” filmi dastlabki ikki filmda Josh Lambert rolini o‘ynagan Patrik Uilsonning rejissyorlik debyuti. Uilson beshinchi qismda o’z rolini ham takrorlaydi. Rollarda Jonning rafiqasi rolida Rouz Birn, o‘g‘illari Dalton va Foster rolida Tay Simpkins va Endryu Astor ham bor. Filmning kinoteatrlardagi premyerasi 7-iyulga belgilangan.

Uill Smit va Martin Lourens “Bad Boys 4” haqida gapirishdi. Oxirgi qism rejissyorlari Adil El Arbi va Bilol Falla to’rtinchi qismga ham rejissyorlik qilishadi. Qayd etilishicha, aktyorlar tarkibiga Smit va Lourensdan tashqari: Paola Nunes, Vanessa Xadjens, Aleksandr Lyudvig va Erik Deyn taklif qilingan.

1984 va 1989-yillarda ikkita original film sifatida ishlangan Nyu-York qahramonlari tasvirlangan yangi “Arvoh ovchilari” ning yangi kadrlari namoyish etildi. Rejissyorlik kreslosida yana Jeyson Reytman 1984-yildagi “Ovchilar” asl rejissyorining o’g’li hisoblanadi. Premyera 20-dekabrga rejalashtirilgan.


Universal

Kristofer Nolanning “Oppengeymer” filmidan parcha namoyish etildi. Kadrlarda oq-qora va rangli tasvirlar bir-birini almashtirib turishdi: atom bombasini sinovdan o’tkazish va yaratish rangli, uning etikasi masalalari bilan bog’liq siyosiy uchrashuvlar oq-qora rangda ko’rsatilgan. Endi biz filmdagi alohida davrlar haqida bilib oldik. 21-iyulni intiqlik bilan kutamiz.

Devid Gordon Grin tomonidan yozilgan “Exorcist” rasman “The Exorcist: The Fanatic” deb nomlangan. Bu original holida hikoya qilingan voqeani davom ettiruvchi yangi trilogiyadagi birinchi film bo’ladi. Premyera 13-oktyabrga belgilangan.

“Kung-fu Panda 4” rasmiy ravishda e’lon qilindi. Multfilm asosiy mazmuni: Panda Po Tinchlik vodiysining bosh ustoziga aylanadi. U kim yangi “ajdaho jangchisi” bo’lishini hal qilishi kerak. Qahramon Chen ismli jangchi tulki bilan birga shaharga jo’nab ketadi, u yerda avvalgi qismlardagi har bir yovuz qahramonni tiriltiradigan Xameleon bilan uchrashadi. Yangi ajdaho jangchisi ularning har birini, shuningdek, ularning eng kuchlisi Xameleonni o’ldirishi kerak. Multfilm 2024-yil 7-martda namoyish etilishi rejalashtirilgan.


Paramount

Xonanda Rihanna “Smurflar” filmi asosida suratga olingan yangi animatsion filmning bosh qahramoni Smurfettaga ovoz berishini ma’lum qildi. Premyera 2025-yilning fevraliga rejalashtirilgan.

Animatsion “Transformerlar"ning ovoz beruvchilari e’lon qilindi: Kris Xemsvort yosh Optimus, Brayan Tayri Genri — Megatron, Skarlett Yoxansson — Elite-1, Kigan-Maykl Key — Bumblebee, Jon Xem — Sentinel, Lorens Fishbern — Alpha Trionga ovozi beradi.

Jon Krasinski “Sokin joy: Birinchi kun” filmining treylerini namoyish etdi. Bu “Sokin joy” filmining spin-off'i bo’lib, ko’zi ojiz mahluqlarning Yerga bostirib kirishining boshlanishini ko’rsatadi. Voqealar Nyu-Yorkda bo’lib o’tadi. Bosh rolni Lupita Nyongo ijro etgan va Maykl Sarnoski rejissyorlik qilgan. Film 2024-yilning mart oyida namoyish etiladi.

Martin Skorseze “Oy gulining qotillari” filmining treylerini chiqardi. Unda Leonardo Di Kaprio keyinchalik qotilliklar sodir bo’ladigan hindular hududida neft qazib olishni boshlagan fermer rolini o’ynaydi. Film butun dunyo bo‘ylab 6-oktabrda namoyish etiladi.

Shuningdek, “Uddalab bo’lmas topshiriq: ajal hisob-kitobi. Birinchi qism” filmidan yigirma daqiqalik parcha ko‘rsatildi. Filmda Pom Klementieff boshchiligidagi yovuz insonlar tomonidan ta’qib qilinayotgan Tom Kruz va Xeyli Etvell Rimni kesib o’tishadi. 12-iyul kuniga rejalashtirilgan ushbu premyerani kutamiz.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ