2023-yil may oyida O‘zbekiston kinoteatrlarida nimalarni tomosha qilish mumkin?

E’lon qilingan sana· 1 111
2023-yil may oyida O‘zbekiston kinoteatrlarida nimalarni tomosha qilish mumkin?

Bahorning kinopremyeralari quvontirishda davom etmoqda.

Afsuski, A24 studiyasining Xoakin Feniks ishtirokidagi “Все страхи Бо” filmini kinoteatrlarda ko’rolmaydigan bo’ldik. A24`ning filmlari bizga umuman yetib kelmaydi va bu yaxshi yangilik emas. Shunga qaramay, may oyida premyerasi bo’ladigan filmlar juda yoqimli.

Bahorning so’nggi oyi bizga Marvelning bir mashhur kosmik to’dasining yangi sarguzashtlarini, Vin Dizelning “oila haqidagi” yana bir porsiya motivatsion iqtiboslarini va qandaydir shahzoda uchun ovozini jodugarga sotgan suv parisi haqidagi klassik hikoyaning film ko’rinishidagi adaptatsiyasini taqdim etadi.

Стражи Галактики 3 (Galaktika qo’riqchilari 3)

Guardians of the Galaxy Vol. 3

Janr: fantastika, jangari, komediya, sarguzasht.

Premyera sanasi: 4-may.

Va nihoyat! Galaktika qo’riqchilarining sarguzashtlari haqidagi yana bitta film 6 yildan keyin ekranlarga qaytmoqda. Biz sizlarni kutgandik. Biz sizni sog’indik.

Sinopsis: Piter Quill Gamoraning yo’qolib qolganiga ko’nika olmaydi va endi Galaktika qo’riqchilari bilan birga koinotni himoya qilish uchun boshqa missiyaga borishga majbur.


Вызов

Janr: drama.

Premyera sanasi: 11-may.

Klim Shipenkoning rus dramasi, Kinopoisk`da 7,5 va IMDb`da 6,5 ballga ega. Aktrisa Yuliya Peresild ishtirokidagi sahnalarning bir qismi Xalqaro kosmik stansiyada rejissyorning o’zi tomonidan suratga olingan, bu esa kartinani professional kinoijodkorlar tomonidan koinotda suratga olingan dunyodagi birinchi to’liq metrajli badiiy filmga aylantiradi. Qayerdadir Gollivudda hozir Tom Kruz karyerasini yakunlash haqida o’ylayapti.

Sinopsis: torakal jarroh Jenya XKSga borish va kasal kosmonavtni qutqarish uchun bir oy ichida kosmik parvozga tayyorlanishi kerak. U noaniqlik hissi va qo’rquvni yengishi, shuningdek, kosmonavtning Yerga tirik qaytish imkoniyati bilan bog’liq bo’lgan vaznsizlikdagi eng qiyin operatsiyani bajarishi kerak.


Без фильтров

Follow Her

Janr: triller.

Premyera sanasi: 11-may.

Film “hayajonli va shiddatli” va “mutlaqo o’zgacha” deb ta’riflangan. 6,5 ball bilan bunga ishonish qiyin. Ammo, ba’zida shunday bo’ladiki, unchalik shov-shuvli yoki qimmat bo’lmagan filmlar ko’nglimizdan joy oladi. Ehtimol, “Без фильтров” — aynan shunday filmlardandir.

Sinopsis: Faoliyatini endi boshlagan aktrisa Jess trenddagi ijtimoiy tarmoq loyihasida ishtirok etadi. Sirli kuratorning rahbarligi ostida u minglab obunachilarga ega haqiqiy fenomenga aylanadi. Ammo har bir yangi suratga olish u qizni tobora dahshatli sinovlarga duchor qiladi. Endi u bu dahshatli tushdan qutulishi kerak, qonxo’r tomoshabinlar esa yanada ko’prog’ini talab qilmoqda.


Банды Парижа

Apaches

Janr: jangari, triller, drama, tarix.

Premyera sanasi: 11-may.

Agar anarxistlarga qurol berilsa nima bo’ladi? Natijada “Банды Парижа” filmidagidek bo’ladi. Treylerga qaraganda, film tarixiy hisoblansa-da, u aniqlikliklarga ko’z yumgandek xulosa qoldiradi.

Sinopsis: Parij, XX asr boshlari. O’zlarini “Apachi” deb atagan shafqatsiz to’da butun shaharni qo’rquvda ushlab turadi. Yosh qiz Billi akasining o’limi uchun qasos olish uchun bezorilar va jinoyatchilar jamoasiga qo’shiladi. U ularning har birini o’ldirishni va ularning maftunkor rahbarigacha yetib borishni rejalashtirmoqda, va to’satdan unga nisbatan his-tuyg'ular paydo bo’ladi. Nima g’olib chiqadi: muhabbatmi yoki qasos olishga tashnalikmi?


Мама мафия

Mafia Mamma

Janr: aksiya, komediya, kriminal.

Premyera sanasi: 11-may.

Juda g’alati film: birinchidan, o’layotgan qarindoshlar haqidagi shubhali komediyaga yana qo’shilgan Toni Kollett; ikkinchidan, hali ham maftunkor Monika Belluchchi; uchinchidan, film rejissyori Ketrin Xardvik bo’lib, u “Сумерки"ning birinchi filmini suratga olgan. Va filmning qisqacha mazmunini hisobga olsak, bu juda g’alati.

Sinopsis: Oddiy amerikalik uy bekasi Kristin italiyalik bobosi unga meros qoldirgani ma’lum bo’lgach, o’zini xavf va ehtiroslar girdobida his qiladi. Chunki bobosi unga o’zining mafiya imperiyasi meros qoldiradi.


Кунг-фу жеребец

Long ma jing shen

Janr: komediya.

Premyera sanasi: 11-may.

Jeki Chan borasida alohida ta’rifga hojat yo’q. Uning ismi allaqachon o’zi uchun gapiradi. Shunchaki shuni qo’shimcha qilmoqchimanki, bizni xitoylik oilaning ahamiyati haqida yoqimli oilaviy komediya kutmoqda.

Sinopsis: Mashhur jang san’ati ustasi va uning ishonchli oti har bir ko’cha jangi “TikTok"ka tushadigan dunyoga kirib qolishadi. Kollektorlar to’dasi jang qilib, ular darhol tarmoqda super qahramonga aylanib ketishadi. Ammo muxlislarning sevgisi bilan birga kuchli dushmanlarga ham yo’liqishadi.


Форсаж 10

Fast X

Janr: jangari, kriminal, detektiv.

Premyera sanasi: 18-may.

Mana bu film — bizga oila qanchalik muhimligi haqida doimo eslatib turadigan ming yillik film. Ammo jiddiy aytadigan bo’lsak, “Forsaj” o’zining oldingdek shiddatini allaqachon yo’qotgan, ammo tomoshabinlar o’jarlik bilan film kassasini boyitishda davom etishmoqda. Lekin bu muhim emas. Biz Jeyson Momoa o’ynagan yangi antagonistni ko’rmoqchimiz.

Sinopsis: Dominik Torettoning oilasi yana hujumga uchradi. Sayfer qasos olmoqchi bo’lgan Dante bilan kuchlarini birlashtiradi.


Трио в перьях 2

Richard the Stork and the Mystery of the Great Jewel

Janr: multfilm, sarguzasht.

Premyera sanasi: 18-may.

Bu yerda hammasi oddiy. Agar sizning farzandlaringiz bo’lsa, demak bu premyera siz uchun.

Sinopsis: Shimoliy Afrikadagi Buyuk ko’lda qishdan zavqlanayotgan Richard bu safar unga shimolga laylaklar suruvini olib borish kabi sharafli va mas’uliyatli vazifa ishonib topshirilmasligini bilib qoladi. Bunga chidashni xohlamay, xavf va sarguzashtlarga to‘la mustaqil sayohatga otlanadi.


Русалочка

The Little Mermaid

Janr: fentezi, melodrama, myuzikl.

Premyera sanasi: 25-may.

Disneydan yana bir “xaltura”. Nega bunday? Yaqinda chiqqan Pinokkio va Piter Pen’ga e’tibor bering. Disney qanday qilib yuqori sifatli filmga adaptatsiya qilish kerakligini unutib qo’ygan, lekin ular ushbu filmning muvaffaqiyatiga ishonishmoqda. Keling, bu qanchalik muvaffaqiyatli bo’lishini kuzatamiz.

Sinopsis: Kichkina suv parisi Ariel insoniy shahzodaga muhabbati tufayli jodugar Ursula bilan shartnoma tuzadi. U oyoqlarga ega bo’ladi, lekin buning evaziga ovozini yo’qotadi.


Джордж Форман: Несокрушимый

Big George Foreman

Janr: drama, biografiya, sport.

Premyera sanasi: 25-may.

Kassada juda kam uchraydigan filmlar turi, chunki sport dramalari unchalik ham ko’p emas. Shuning uchun bu kartinani kuzatish qiziq bo’ladi.

Sinopsis: Jorj Forman afsonaviy og’ir vaznli professional bokschi. Bolaligini qashshoqlikda o’tkazgan Forman butun tabiiy tajovuzkorligini Olimpiya oltin medali sovrindori va og’ir vazn toifasida jahon chempioni unvonlariga erishishga qaratdi. Ko’p yillik muvaffaqiyatdan so’ng, Forman boks ringini va’z qilish va cherkovga xizmat qilishga almashtirdi. Ammo boks jamoatchiligining ma’naviy va moliyaviy yo’l-yo'riqlarga muhtojligini ko’rgan Jorj Forman ringga qaytadi va yana tarixga kiradi, shu bilan dunyoning eng keksa og’ir vazn toifasi chempioniga aylanadi va boksda yoshidan qat’i nazar, hamma narsaga erishish mumkinligini isbotlaydi.


Рыцари Зодиака

Knights of the Zodiac

Janr: fentezi jangari, sarguzasht.

Premyera sanasi: 25-may.

Shon Bin ishtirokidagi amerika-yapon fantezi filmi, polyak tomonidan suratga olingan. Bungda nima deysan, Ilon Mask? Ha, bu xuddi shu nomdagi animening film adaptatsiyasi hisoblanadi.

Mazmun: Urush ma’budasi Afina yosh ayol tanasida qayta tug’iladi. Bu orada Seya ismli ota-onasi qolgan bola ma’buda ritsariga aylanishi va dunyoni noma’lum tahdiddan himoya qilishi kerakligini bilib oladi.


Остров иллюзий

Influencer

Janr: horror, triller, detektiv.

Premyera sanasi: 25-may.

Barcha “inflyuenser"larga bag’ishlangan! Filmning shiori esa “Har bir blogger nimani yashiradi?” deb yozilgan. Kulguli, lekin baribir qiziqarli.

Sinopsis: Medison o’z hayotini hammaga namoyon qiliuvchi blogger va inflyuenser. Bir kuni u Tailandga borishga qaror qiladi, u yerda u dunyo bo’ylab yolg’iz sayohat qiladigan yana bir sirli qizni uchratadi. Ular birgalikda go’zal, kimsasiz orollarga borishadi, u yerda ularning har biri o’zining qora va dahshatli tomonlarini namoyish eta boshlaydi.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ