2023-yil may oyida uyda qanday filmlar ko'rish mumkin?

E‘lon qilindi· 2226
2023-yil may oyida uyda qanday filmlar ko'rish mumkin?

Filmlar

Мать

The Mother

Janr: jangari, triller.

Premyera kuni: 12-mayda Netflix`da.

“Men onamanku” mazmunidagi mem iborasi Netflixning yangi filmida yangicha tus oladi, unda J. Lopezning o’zi bosh rolni o’ynaydi.

Sinopsis: Professional yollanma qotil ko’p yillar oldin tashlab ketgan qizini qutqarishi kerak.


Белые люди не умеют прыгать

White Men Can’t Jump

Janr: drama, komediya, sport.

Premyera sanasi: 19-mayda Hulu`da.

Bu Uesli Snayps va Vudi Xarrelson ishtirokidagi 90-yillarda olingan komediyaning remeyki. Agar siz uni tomosha qilgan bo’lsangiz, ushbu hikoyaning yangi iteratsiyasini ko’rib chiqishni tavsiya qilaman. Ushbu versiyada asosiy rollarni Sinqve Uolls va Jek Xarlou ijro etadi.

Sinopsis: Ikki firibgar basketbol musobaqalari orqali pul ishlashadi, bu esa kulgili va xavfli vaziyatlarga olib keladi.


Реалити

Reality

Janr: drama.

Premyera sanasi: 29-mayda Max`da.

Real voqealarga asoslangan. Biz ushbu filmni ro’yxatimizga kiritmagan bo’lardik, lekin bu film uchun HBO javobgardir va ular kamdan-kam hollarda “yomon” film suratga olishadi.

Sinopsis: AQSh razvedkasi bo’yicha sobiq pudratchi Realiti Uinnerning real voqealarga asoslangan hikoyasi. 2017-yilda u prezidentlik saylovlariga aralashilganlik holatlari haqidagi hisobotini e’lon qildi va buning uchun besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.


Seriallar

Сантехники Белого дома (mini-serial)

White House Plumbers

Janr: drama, biografiya, tarix.

Premyera sanasi: 1-mayda Max`da.

HBO`ning yana bir loyihasi Oq uy bilan bog’liq, ammo g’ayrioddiy nuqtai nazarga ega. Bosh rollarda Vudi Xarrelson va Jastin Teru.

Sinopsis: Tezkor xizmat xodimlari guruhi hukumatda AQSh milliy xavfsizligi haqidagi ma’lumotlarning sizdirilganligi haqidagi holatni aniqlashlari kerak bo’ladi.


Ничегошеньки

Bupkis

Janr: komediya.

Premyera sanasi: 4-mayda Peacock`da.

Pit Devidson o’z zamonasining eng mashhur ayollari bilan bo’lgan munosabatlari orqali mashhur va u mashaqqatli hayotning ustidan kuladi. “Ничегошеньки” seriali, aslida, sinopsisga muhtoj emas. Bu stend-up komediyachi Devidsonning hayotini suratga olishga yana bir urinishdir, buni allaqachon “Steyten Aylend qiroli” filmida qilishga urinib ko’rishgan.


Единорог: Вечные воины

Unicorn: Warriors Eternal

Janr: multfilm, fentezi, jangari, drama, sarguzasht.

Premyera sanasi: 4-mayda Adult Swim`da.

Muhim fakt: bu “Монстры на каникулах” va “Самурай Джек” multfilmlari rejissyori Genndi Tartakovskiyning yangi animatsion seriali.

Sinopsis: London, XVIII asr oxiri — XIX asr boshlari. Kosmik rohib, elf jangchisi va sehrgar o’smirlarning tanasiga kirib oladi va yovuzlikka qarshi kurashadi.


Королева Шарлотта: История Бриджертонов

Queen Charlotte: A Bridgerton Story

Janr: drama, melodrama, biografiya, tarixiy.

Premyera sanasi: 4-mayda Netflix`da.

Netflix tarixiy aniqlikni bir chetga surib qo’ygan va “inklyuziv” franchayzingni rivojlantirishi mumkin.

Sinopsis: Original filmning prikveli qirol Jorj III ni sevib qolgan va uning xotini bo’lgan qirolicha Sharlottaning ulg’ayishi haqida hikoya qiladi.


Укрытие

Silo

Janr: fantastika, drama, triller.

Premyera sanasi: 5-mayda Apple TV+`da.

Oramizda Hyu Hauining “Bunker” nomli kitobining muxlislari bormi? Bu sizni xursand qiladi. Apple ushbu asarning adaptatsiya qilingan filmini chiqarmoqda. Serial qanday boshlanishini bir ko’raylikchi, chunki ushbu siklda allaqachon to’qqizta kitob yozilgan.

Sinopsis: Yaqin kelajakda omon qolgan 10 000 kishi chuqurligi 144 qavatli ulkan bunkerda yashaydi. Odamlar dunyo nobud bo’lganiga, tashqaridagi havo zaharlangan va yer yuzasiga chiqish halokatli ekanligiga ishonishadi. Ular barcha ma’lumotlarni tashqi kameralardan olingan tasvirlar uzatiladigan ulkan ekranlar yordamida oladi. Kun sayin jonsiz kulrang manzaraga qarab, aholi o’rnatilgan qoidalarga bo’ysunadi, asosiysi hech qachon bunkerni tark etmaslikdir.


Класс '09 (mini-serial)

Class of '09

Janr: triller, drama, kriminal.

Premyera sanasi: 10-mayda Hulu`da.

Bu chindan ham juda qiziq. Mini-serialda asosiy e’tibor sun’iy intellektning joriy etilishi AQSh huquq-tartibot organlarini qanday o’zgartirishini tasavvur qilishga qaratilgan.

Sinopsis: Asosiy qahramonlar FQB agentlari bo’lib, 25 yildan keyin hamkasbining qotilini topish uchun birlashadilar. Serialning voqealarining birinchi qismi 2009-yilda, oxirgisi esa 2034-yilda bo’lib o’tadi.


Американец китайского происхождения

American Born Chinese

Janr: jangari, komediya, fentezi.

Premyera sanasi: 24-mayda Disney+`da.

Agar sizga Mishel Yeo va Ke Xyui Kuanga “Oskar” mukofotini taqdim etgan “Hammasi bir joyda va birdan” nomli film yoqqan bo’lsa, yangi Disney+ loyihasini o‘tkazib yubormang.

Sinopsis: qadimgi Xitoy xudolari o’rtasidagi qarama-qarshilik markazida bo’lgan yigit haqidagi xuddi shu nomdagi komiksning filmga adaptatsiyasi.


Платонические отношения

Platonic

Janr: melodrama, komediya.

Premyera sanasi: 24-mayda Apple TV+`da.

Erkak va ayol o’rtasidagi do’stlik mumkinmi degan eski savolga javob beradigan komediya. Va bu loyiha, shuningdek, “Соседи. На тропе войны” filmidagi trioni ham birlashtiradi — Set Rogen, Rouz Birn va rejissyor Nikolas Stoller.

Sinopsis: Syujet ko’p yillar o’tgach, qayta aloqaga kirishib, hayotlari qanday o’zgarib borayotganini kuzatishga harakat qiladigan eski do’stlar atrofida rivojlanadi.


Фубар

Fubar

Janr: jangari, komediya.

Premyera sanasi: 25-mayda Netflix`da.

Arnold Shvarsnegger qaytdi! Bu safar “Jek Richer” filmi yaratuvchisi tomonidan suratga olingan Netflix serialida.

Sinopsis: Markaziy razvedka boshqarmasi agenti nafaqaga chiqish arafasida, lekin uni ishga qaytishga va oxirgi vazifani bajarishga majbur qiladigan oilaviy sir mavjud.


Tilga olinishga loyiq boshqa loyihalar:

“Звёздные войны: Видения”: 2-mavsum, 4-maydan boshlab Disney+`da;

“Великая”: 3-mavsum, 12-maydan boshlab Hulu`da;

“Бойтесь ходячих мертвецов”: 8-mavsum (final), 14-maydan boshalb АМС`da;

“Доисторическая планета”: 2-mavsum, 22-maydan boshlab Apple TV+`da.

Roman
Muallif
Roman