76-Kann kinofestivali: O‘zbekiston Milliy pavilyoni faoliyati haqida

E’lon qilingan sana· 777
76-Kann kinofestivali: O‘zbekiston Milliy pavilyoni faoliyati haqida

16-may kuni Fransiyada 27-maygacha davom etadigan 76-Kann kinofestivalining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Rejissyor Ruben Estlund (“G‘am uchburchagi”) hakamlar hay’ati raisi etib tayinlandi. Shuningdek, hakamlar hay’ati tarkibiga rejissyor Maryam Tuzani, aktyor Denis Menoshe, rejissyor Juliya Dyukurno, ssenariynavis va rejissyor Rungano Nioni, aktrisa va rejissyor Bri Larson, aktyor Pol Dano, yozuvchi Atik Rahimi, rejissyor va ssenariy muallifi Damian Sifron kirgan.

Asosiy tanlovda turli mamlakatlardan 21 ta lenta ishtirok etmoqda. Festivalda keng ko‘lamli tadbir doirasida to‘rtinchi bor namoyish etilayotgan O‘zbekiston milliy pavilyonini ham ko‘rish mumkin.

76 Kann xalqaro kinofestivali dasturidan ochilish filmi sifatida oʻrin olgan, bosh rollarda Djonni Depp va Per Rishar kabi mashhur aktyorlar oʻrin olgan “Janna dyu Bari” tarixiy filmining katta premerasiga festival tashkilotchilari tomonidan oʻzbek delegatsiyasi maxsus taklif etildi. Vatandoshlarga premeralar va marosimlar oʻtkaziladigan nufuzli Palais de Festivals saroyining Grand Theatre Lumierre kinoteatri old qatorlaridan joylar ajratildi.

Fransiyalik kinoprodyuser Arno Frile xorijiy kinokompaniyalar va prodyuserlarga Jerar Deparde ishtirokida Oʻzbekistonda suratga olingan “Mening oʻzbekcha orzuim” hujjatli filmidagi tajribasi haqida suhbat qurildi.

BBC hamda Discovery Channel telekanallari orqali namoyish etilgan, sport ekstrimiga bagʻishlangan Extreme tracks hujjatli filmining rejissyori va muallifi Rayan Payl (Shveytsariya) Oʻzbekiston Milliy pavilonida taqdim etilayotgan maxsus 7 ta lot koʻrigida qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtdi.

Kinodistribyutor, Fransiyaning nufuzli ARP kompaniyasining vakili, Lyuk Besson asos solgan kompaniyada 25 yil faoliyat koʻrsatib, eng kassabop filmlarning distribyutsiya ishlari bilan shugʻullanib kelgan Filipp Kampf bilan tanishuv bo’lib o’tdi.

Vezul xalqaro kinofestivalining bosh direktori Jan-Mark Teruan ham Oʻzbekiston Milliy paviloni mehmoni boʻldi. U 2022-yilda oʻtgan XIV Toshkent xalqaro kinofestivalidagi tajribasi va olgan taassurotlari bilan boʻlishdi.

Xitoyning animatsion filmlar ishlab chiqaruvchi ORI Group kompaniyasining xalqaro departamenti rahbari Samanta Lyu Oʻzbekiston bilan hamkorlikda animatsion kino ishlab chiqarish istiqbollarini oʻrgandi.

Kanadalik badiiy va hujjatli kino prodyuseri, “Stralent” kompaniyasining bosh ijrochi direktori Majid Kazmi diniy va etnik mavzuda yaratilayotgan yirik xalqaro loyihasi haqida soʻzlab, Oʻzbekiston bilan hamkorlikda mazkur loyiha doirasida hujjatli film ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan tanishib chiqdi.

Islom diniga oid hujjatli filmlar yaratayotgan pokistonlik rejissyor va prodyuser Fahim Hamid Ali bilan mazkur mavzudagi hujjatli filmlarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlari toʻgʻrisida suhbat qilindi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ