76-Kann kinofestivalining sovrindorlari e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 169

Bosh sovrin Justin Triening “Qulash traektoriyasi” filmiga topshirildi.
Kann kinofestivali 2023-yilning 16−27-may kunlari boʻlib oʻtdi. Rejissor Ruben Estlund («G‘am uchburchagi») boshchiligidagi hakamlar hay’ati g‘oliblarni e’lon qildi. Justin Trie Jeyn Kempion («Pianino») va Juli Dyukurnodan («Titan») keyin Kannda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan uchinchi ayol bo‘ldi.
Quyida 76-Kann kinofestivalining barcha g‘oliblari:
- «Oltin palma yaprog’i»: «Qulash traektoriyasi» — rejissyor Justin Trie;
- Gran-pri: «Qiziqishlar zonasi» — rejissyor Jonatan Gleyzer;
- Eng yaxshi rejissyor: Chan Anxun («Doden Buffans»);
- Eng yaxshi erkak aktyor: Koji Yakusho («Go‘zal kunlar»);
- Eng yaxshi aktrisa: Merve Dizdar («Quruq o’t haqida»);
- Eng yaxshi ssenariy mukofoti: Yuji Sakamoto — «Yovvoyi»
- Hakamlar hay’ati sovrini: «To'kilgan barglar» — rejissyor Aki Kaurismaki;
- Eng yaxshi debyut uchun «Oltin kamera»: «Sariq pilla qobig’ining ichida» filmi uchun Pham Tien Ana;
«Alohida munosabat» bo’limi g’oliblari:
- Hakamlar hay’ati sovrini: «Ko'ppaklar» — rejissyor Kamol Lazrak;
- Eng yaxshi rejissyor: «Barcha yolg’onlarning onasi» — rejissyor Asme El Mudir;
- Eng yaxshi ansambl uchun mukofot: «Buriti guli» — rejissyor Rene Nader Messora, Xuan Salaviza;
- Yangi ovoz: Augure — Baloji rejissyori;
- Ozodlik mukofoti: «Alvido Julia» — rejissyor Mohamed Kordofani.