Cinema Love 2023 kinofestivali

Toshkentda Moc Fest “festivallar festivali” doirasida har yili o‘tkaziladigan Cinema Love kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Bu yil Cinema Love dasturi Markaziy Osiyodagi mustaqil kino san’atini qadrlovchilarni ham, jahon klassikasi ixlosmandlarini ham xursand qiladi.
Cinema Love — kino va unga bo’lgan muhabbat festivali bo’lib, u kinoni birgalikda kashf etishga, tomosha qilishga va muhokama qilishga taklif qiladi. Bu yil festival ikkinchi marotaba oʻtkaziladi va yanada boy va rang-barang boʻladi, ikkita asosiy tanlov dasturi, yosh kinoijodkorlar uchun laboratoriya, ommaviy maʼrifiy tadbirlar, norasmiy tungi filmlar namoyishi va boshqa koʻp tadbirlar boʻladi.
Tadbir asosi:
- “Doclar” hujjatli filmlar tanlov dasturi (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston yosh rejissyorlarining hujjatli filmlari namoyish etiladi);
- “Kinolar” badiiy filmlari tanlov dasturi (viloyatning yorqin yosh rejissyorlarining qisqa metrajli badiiy filmlari);
- “Inspirations” dasturi doirasida filmlar namoyishi (Bako Sodiqovning (SSSR) “Смерч” (1988), Erik Romerning (Fransiya) “Летняя сказка” (1996) va Agnes Vardaning (Fransiya) “Клео от 5 до 7” (1962) filmi;
- “Yayra” maxsus musiqiy dasturi (Moc Fest tashkilotchilaridan yillar davomida tanlangan eng qiziqarli va badiiy musiqiy videolarni ko’rish).
Festival bir necha joylarda (Tashkent Film School, Moc Hub), jumladan “Жемчуг” nomli tarixiy binoda bo‘lib o‘tadi, u yerda Cinema Love`ning ochilishi va yopilishi bo‘lib o‘tadi.
Festival Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasining Shveytsariya hamkorlik bo‘limi ko‘magida tashkil qilinmoqda.
- Sana27-iyundan 2-iyulgacha