Anons
Human House`da bepul kinonamoyish
E’lon qilingan sana: · 11

Human House Gallery italiyalik kinorejissyor — Mikelanjelo Antonionining Blow-up (1966, drama-arthaus)filmi namoyishiga taklif etadi.
Film yozuvchi Xulio Kortasarning hikoyasi asosida suratga olingan. Tashrif buyuruvchilar “Sehrli realizmning vizual talqini"ga guvoh bo’ladi. Film 1967-yilgi Kann kinofestivalida “Oltin palma yaprog’i” bilan mukofatlangan.
Tadbirni Samandar Egamberdiyev olib boradi.
Kirish bepul.
Mazkur telefon raqami orqali ro’yxatdan o’tish talab etiladi: (+998) 90−608−0939.
- Sana6 iyul, 19:00