Zak Snayderning yangi filmi treyleri e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 849
Zak Snayderning yangi filmi treyleri e’lon qilindi

Netflix amerikalik rejissor Zak Snayder muallifligidagi yangi — “Isyonkor Oy” filmining tizer-treylerini e’lon qildi.

Film voqealari uzoq galaktikada bo‘lib o‘tadi. Tinch kolonial aholiga zolim diktator armiyasi hujum qiladi. Aholi esa o‘zgar sayyoralardan ittifoqchilarni topish maqsadida sirli o‘tmishga ega ayolni yordamga chorlaydi.

Filmda bosh rollarni Sofiya Butella, Charli Xannem, Mixil Xausman, Pe Duna, Jimon Xonsu, Ed Skreyn, Rey Fisher, Jena Meloun, Keri Elvas va Entoni Xopkinlar ijroq etgan.

“Isyonkor Oy” ikki qismga bo‘linishi nazarda tutilgan: “Olov farzandi” va “Chandiq”. “Isyonkor Oy: Olov farzandi” shu yilning 22-dekabridan Netflix platformasida premyera qilinadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ