O'zbekistonlik 3 nafar rejissyorning filmlari Alternativa Film Awards short-listidan joy oldi

E’lon qilingan sana· 318
O'zbekistonlik 3 nafar rejissyorning filmlari Alternativa Film Awards short-listidan joy oldi

Alternativa Film Awards 2023-yilgi nomzodlarning short-listini e’lon qildi. Nomzodlar roʻyxatiga Markaziy Osiyo va boshqa Osiyo davlatlaridan 14 ta toʻliq metrajli va 7 ta qisqa metrajli filmlar kiritildi.

Jumladan nomzodlar ro’yxatidan uch nafar o’zbekistonlik rejissyorlar filmlari joy oldi: Mixail Borodinning “Cotton 100%” (to'liq metrajli film); Shokir Xoliqovning (O‘zbekiston) “Yakshanba” (to'liq metrajli film); Kamila Rustambekovaning “Ertak” (qisqa metrajli film).

To’liq metrajli filmlar ro’yxatiga 8 ta badiiy va 6 ta hujjatli filmlar kiritilgan bo’lsa, qisqa metrajli filmlar ro’yxatiga 7 ta asar kiritildi.

Alternativa Film Awards nomzodlari roʻyxati mustaqil ekspert xulosasiga asoslanib, Markaziy Osiyo va boshqa Osiyo davlatlaridan festivallar va madaniyat markazlari kuratorlari, kinotanqidchilar, rejissyorlar, prodyuserlar va madaniyat jurnalistlarini oʻz ichiga olgan, komissiya tomonidan tuziladi. Mukofot uchun jami 25 davlatdan 350 dan ortiq filmlar taqdim etilgan. Short-list alternativa.film mukofotining rasmiy saytida e’lon qilingan.

G‘oliblar 2023-yil 2-dekabr kuni Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi taqdirlash marosimida e’lon qilinadi. 2023-yilgi mukofotlarning umumiy mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarni tashkil etadi va besh nominatsiya bo‘yicha taqsimlanadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ