Koronavirus haqidagi oʻzbek filmi tizeri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 151
Koronavirus haqidagi oʻzbek filmi tizeri e'lon qilindi

Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida “Yagona Cinema” studiyasi tomonidan yaratilgan “Pandemiya. Covid-19” badiiy filmining tizeri taqdim etildi.

Filmda 2020−2021-yillarda butun dunyoga, xususan O‘zbekiston aholisi hayotiga xavf solgan Covid-19 kasalligi va uning mamlakatdagi tibbiyot sohasiga ta’siri haqida hikoyat qilinadi.

Filmda bosh rolni Matyoqub Matchonov ijro etgan. Shuningdek, kartinada Tamara Mirmaqsudova, Aysanem Yusupova, Saidkomil Umarov, Farxod Abdullayev, Bahodir Musayevlar suratga tushgan.

Avvalroq, film “Epidemiya” nomi bilan suratga olinayotganligi haqida xabar bergan edik.

Hozircha kinokartina premyerasi sanasi ma’lum emas.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling