"Buyuk diktator"dan "Graf"gacha: Diktatorlar haqida 7 ta film

E’lon qilingan sana· 34 996
"Buyuk diktator"dan "Graf"gacha: Diktatorlar haqida 7 ta film

Insoniyat tarixida XX asr oʻzining diktatorlari bilan qoladi. Shuningdek, aynan ushbu davrda kinematografiya sohasi ham rivojlanib bordi. Bilamiz-ki, san’at har qanday cheklovlarni cheklab oʻtadi va diktatorlar qoʻyadigan taqiqlar ham isitisno boʻlmaydi.

Afisha.uz ushbu jamlanmada tiranlar haqida ishlangan mashhur filmlar boʻyicha ma’lumot beradi.

“Diktator”

The Dictator

Janr: komediya, drama

Suratga olingan yil: 2012

Rejissyor: Larri Charlz

Oʻziga xos “baza"dan boshlaymiz. Sasha Baron Koen ijro etgan admiral-general Haffaz Aladin obrazini koʻrmagan odam kam boʻlsa kerak. Kinokartina nafaqat diktatorlar haqidagi, balki komedik filmlar uchun ham etalon hisoblanadi.

Sinopsis: Oʻzining berayotgan mehridan qiynalayotgan mamlakatiga demokratiya kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik uchun hayotini xavf ostiga qoʻygan diktatorning qahramonlik hikoyasi.

“Buyuk diktator”

The Great Dictator

Janr: harbiy, komediya

Suratga olingan yil: 1940

Rejissyor: Charli Chaplin

Charli Chaplin, asosan, ovozsiz kinolardagi rollari bilan mashhur. Ammo u faoliyati davomida ovozli kinolarda ham rol oʻynagan. “Buyuk diktator” filmida Chaplin Adolf Gitlerga parodiya qilgan va uning ishlarini kulgi ostiga olgan. Shuningdek, filmda yana bir tiran Mussolini obrazini ham koʻrishimiz mumkin.

Sinopsis: Birinchi jahon urushidan soʻng, Tomaniya mamlakati taxtiga kuchli va shafqatsiz diktator Adenoid Hinkel oʻtiradi. Uning asosiy maqsadi dunyo hukmroniga aylanish.

“Intervyu”

The Interview

Janr: komediya, jangari

Suratga olingan yil: 2014

Rejissyor: Set Rogen, Evan Goldberg

Albatta, ushbu jamlanmani Kim Chen In haqidagi filmsiz tasavvur qilib boʻlmasdi. XXI asrning eng mashhur diktatori haqida ham komedik film ishlangan.

Sinopsis: Deyv doʻsti Aaron prodyuserlik qiladigan mashhur tok-shou boshlovchisi. Ikki doʻst uzoq vaqtdan beri haqiqatan muhim ish qilishni orzu qilardi. Ular Shimoliy Koreya diktatori Kim Chen Indan intervyu olishga qaror qiladi.

“Stalinning oʻlimi”

The Death of Stalin

Janr: harbiy, komediya

Suratga olingan yil: 2017

Rejissyor: Armando Iannuchchi

Qora yumorga boy tarzda ishlangan “Stalinning oʻlimi” siyosiy satirik filmi Rossiyada taqiqlangan. SSSR hukmdori boʻlgan Iosif Stalin 1953-yil 5-mart kuni vafot etadi. Film Stalindan keyingi hokimiyat uchun boʻlgan siyosiy kurash voqealari haqida hikoya qiladi.

Sinopsis: SSSR, 1953-yil. Butun mamlakat bir odamdan qoʻrqib, titraydi. Mart oyining boshida Bosh kotib vafot etadi. U olamdan o‘tgach, hokimiyat uchun kurash, poyga boshlandi!

“U yana shu yerda”

Er ist wieder da

Janr: komediya, hujjati

Suratga olingan yil: 2015

Rejissyor: David Vnendt

XX asrda yashab oʻtgan diktatorlarni XXI asrda koʻrish qiziq boʻladi. “U yana shu yerda” filmi ham zamonaviy Germaniyaga tushib qolgan Adolf Gitler haqida hikoya qiladi.

Sinopsis: Berlin, hozirgi kunlar. XX asrda avvaliga Germaniyani, keyin esa insoniyatni dahshatga solgan diktator Adolf Gitler Berlinda oʻziga keladi. Bu vaqtda uning na hukumati, na tarafdorlari, na yashash uchun joyi bor edi. Ammo Adolfda eng quyidan eng yuqoriga koʻtarilish boʻyicha koʻnikma yetarlicha.

“Graf”

El Conde

Janr: komediya, qoʻrqinchli

Suratga olingan yil: 2023

Rejissyor: Pablo Larrain

Nihoyat Janubiy Amerika dikatatorlariga ham murojaat qilamiz. Chili sobiq prezidenti Augusto Pinochet haqida Netflix “Graf” filmini ishladi. Qiziqarli tomoni bu diktatorlar haqidagi boshqa filmlardan oʻz janri bilan farq qiladi. “Graf” voqealar rivojining yangicha talqini taqdim etadi.

Sinopsis: Chili diktatori Augusto Pinochet vampirga aylanadi. 250 yillik hayotdan keyin esa oʻlishga qaror qiladi.

“Ertak”

“Сказка”

Janr: fentezi, drama

Suratga olingan yil: 2022

Rejissyor: Aleksandr Sokurov

Jamlanmani rossiyalik rejissyor Aleksandr Sokurovning eksperimental, badiiy, tarixiy-fantastik filmi bilan yakunlash toʻgʻri boʻladi. Chunki film aniq bir personaj emas, balki koʻplab diktatorlar haqidadir.

Sinopsis: Narigi dunyoda Stalin Adolf Gitler, Uinston Cherchill, Benito Mussolini va Napoleon Banopart bilan uchrashadi.

Muallif: Azimbek Xushmamatov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ