“Maktab 2” serialining birinchi qismi e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 4 089
“Maktab 2” serialining birinchi qismi e’lon qilindi

YouTube platformasida “Maktab” serialining ikkinchi fasli birinchi qismi e’lon qilindi.

Serialda rollarni Вekzod Abdumalikov, Bekzod Yangiboyev, Abbos Bahodirov, Mavluda Hikmatova, Ruxsora Mirjalilova (Ruxsora Emm) va Saidahmad Umarov kabi yoshlar orasida mashhur aktyor va blogerlar ijro etgan.

“Maktabimiz qahramoni Sanjar oilaviy sabablari tufayli o‘zini omadsiz kambag‘al deb hisoblaydi. Sanjar hayotini yaxshi tomonga oʻzgartirish maqsadida Jama bilan oʻzi bilmagan holda birga ishlashni boshlashadi va narkotik sotishni yoʻlga qoʻyadi. Lekin bu yoʻlni oxiri qamoq yoki oʻlim bilan tugaydi. Koʻramiz, Sanjar qanday yoʻlni tanlar ekan”, deyiladi YouTube’ga yozilgan izohda.

Ssenariy muallifi ham serialda Sherzod rolini ijro etgan Bekzod Yangiboyevning o‘zi. Postanovkachi rejissyor — Ixtiyor To‘laganov. “Maktab 2” seriali saundtrekini Ruxsora Emm va reper Shokir kuylagan.

“Maktab"ning birinchi faslini bu yerda tomosha qilish mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ