Stiven Spilberg "Dyuna. Ikkinchi qism" filmini yuqori baholadi

E’lon qilingan sana· 107
Stiven Spilberg "Dyuna. Ikkinchi qism" filmini yuqori baholadi

Deni Villnyov bilan “The Director’s Cut” podkastida ishtirok etgan, bir qator klassikaga aylanib ulgurgan ilmiy-fantastik filmlar muallifi Stiven Spilberg hamkasbining so‘nggi kinosini tomosha qilgani haqida gapirib, oʻz tassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

Afsonaviy rejissyor “Dyuna. Ikkinchi qism” filmini “oʻzi koʻrgan eng buyuk ilmiy-fantastik filmlardan biri” deb atadi.

“Pol katta chuvalchangni egarlaydigan sahna umrim davomida ko‘rgan eng yaxshi sahnalardan biridir. Aktyorlar tarkibi mutlaqo ajoyib. Jang sahnalari ham betakror”, — deya qo‘shimcha qildi Spilberg.

“Dyuna. Ikkinchi qism” filmi 2024-yil 28-fevralda premyera qilindi. Filmda bosh rollarni Timoti Shalame, Ostin Batler, Zendaya, Florens Pyu, Rebekka Fergyuson, Xavyer Bardem, Josh Brolin va Stellan Skarsgard ijro etgan.

Ma’lumot uchun, Afisha.uz avvalroq “Dyuna. Ikkinchi qism” filmi haqida taqriz e’lon qilgandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ