Hafta kinopremyeralari: 9-may

E’lon qilingan sana· 124
Hafta kinopremyeralari: 9-may

Mamlakat kinoteatrlarida 9-may kunidan boshlab, “Планета обезьян: Новое царство” fantastik jangari filmi, “Обитель страха” trilleri va boshqa yangi filmlar namoyishi boshlandi.


“Планета обезьян: Новое царство”

Sezar hukmronligidan keyin bir necha avlod almashdi. Maymunlar dominant tur boʻlib, uygʻunlikda yashaydi, odamlar esa soyada qolishga majbur. Zolim boʻlgan yangi maymunlar yetakchisi o‘z imperiyasini barpo etar ekan, bir yosh shimpanze sayohatga otlanadi. Bu esa uni o‘tmish haqida bilgan hamma narsalaridan shubhalanishga va maymunlar hamda odamlarning kelajagini belgilovchi tanlov qilishga undaydi.

Seanslar jadvali.

“Ти-Рекс. Король динозавров”

Kichkina Di dunyoning eng kuchli va chidamli dinozavriga aylangandagina otasi qirol boʻlgan Yashil vodiyga qaytishi mumkin. Ammo u Yashil vodiyning yangi qiroli boʻlishi kerakligini isbotlash uchun omon qolishi, doʻstlar topishi, turli sinovlardan oʻtishi, koʻplab dinozavrlar va oʻzi bilan kurashishi kerak.

Seanslar jadvali.

“Обитель страха”

Li va uning yetim qolgan jiyanlari 10 yildan ortiq vaqtdan beri yolg‘izlikda yashagan. Ular yovvoyi oʻrmonga joylashgan va xavfli epidemiyaga duchor boʻlgan tashqi dunyo bilan mutlaqo aloqaga ega emas. Ammo bir kuni ularning uyiga kasallangan oʻsmir kirib keladi va ularning har birini xavf ostiga qoʻyadigan katta xavf paydo boʻladi.

Seanslar jadvali.

“Афган”

Afgʻonistondan Qozogʻistonga katta miqdordagi narkotik moddalar kirib keladi. Buning oldini olish uchun maxsus guruh tuziladi. Vazirlik u yerga razvedkachi Oraz va uning Afgʻonistondagi urushda qatnashgan va mamlakatni yaxshi biladigan ikki doʻstini yuborishga qaror qiladi. Uch nafar faxriyga “keksalardan” nafratlanadigan yosh razvedkachi qoʻshiladi. Ikki avlod oʻrtasidagi ziddiyatga qaramay, ular giyohvandlik muammosini hal qilishlari kerak.

Seanslar jadvali.

“Идеальная зависимость”

Sienna boks boʻyicha muvaffaqiyatga erishgan murabbiy. Kunlarning birida uning yigiti, amaldagi chempion Jeks singlisi bilan unga xiyonat qilganini bilib qoladi. U gʻazablanadi va sobiq sevgilisidan eng ogʻriqli yoʻl bilan qasos olishga qaror qiladi. Sienna Jeksni chempionlik unvonidan mahrum qila oladigan yagona bokschini tayyorlashga majbur boʻladi. Ammo qasos olish rejasi sifatida boshlangan holat asta-sekinlik bilan oʻzgaradi.

Seanslar jadvali.

“Бугимен. Царство мёртвых”

Xotini avtohalokatda vafot etganidan olti oy oʻtgach, arxitektor San Von oʻz ahvolini oʻzgartirishga qaror qiladi va 11 yoshli qizi I Na bilan yangi uyga koʻchib oʻtadi. Erkak oʻsha paytdan beri vahimadan aziyat chekardi, qiz esa oʻz qoqbigʻiga oʻralib olgandi. Yangi joyda qiz sezilarli darajada oʻzgaradi va tez orada otasi shoshilinch ish sababli, uni lagerga yuborishga qaror qiladi. Shu sababli ular janjallashadi va tez orada I Na yoʻqolib qoladi. Qidiruv va politsiyani jalb qilish hech qanday natija bermayapti.

Seanslar jadvali.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ