Gay Richi yangi film suratga olishini e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 143
Gay Richi yangi film suratga olishini e'lon qildi

Film 2019-yilda chiqarilgan “Jentlmenlar” filmiga o‘xshash bo‘lishi va’da qilinmoqda.

Britaniyalik mashhur rejissyor Gay Richi “Wife and Dog” (“Xotin va kuchuk”) deb nomlangan film suratga olishini ma’lum qildi. Syujet tafsilotlari va kasting hozirda sir saqlanmoqda, biroq ma’lum qilinishicha, aktyorlar tarkibida “yuqori eshelon” vakillari boʻladi. Shuningdek, Richi o‘n sakkizinchi filmida o‘zining “Jentlmenlar” va yaqinda suratga olingan shu nomdagi serialiga o‘xshab Britaniya aristokratiyasining rang-barang, xavfli dunyosi koʻrsatilishi ma’lum qilingan.

Richi mazkur ssenariyni oʻzining uzoq yillik sherigi Ivan Atkinson (“Jentlmenlar”, “Гнев человеческий”) bilan birga yozgan. Suratga olish ishlari oktyabr oyida boshlanadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ