Oʻzbekiston kinoteatrlarida "Bahodir Yalangtoʻsh" filmining namoyishi boshlandi

E’lon qilingan sana· 1 489
Oʻzbekiston kinoteatrlarida "Bahodir Yalangtoʻsh" filmining namoyishi boshlandi

Oʻzbekiston kinoteatrlarida 6-iyun kuni “Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy-badiiy filmining namoyishi boshlandi.

Kinokartinada Registon majmuasi bunyodkori, Samarqandga hokimlik qilgan sarkarda Bahodir Yalangtoʻshning hayot yoʻli va faoliyati hikoya qilinadi. Amir Yalangtoʻsh avvalo mohir harbiy sarkarda edi. U Buxoro xonligining ikki sulola davrida ham barcha harbiy yurishlarida ishtirok etgan, yirik gʻalabalarni qoʻlga kiritgan.

Hozirda mazkur film Toshkentdagi qator kinoteatrlarda ham namoyish etilmoqda. Afisha.uz saytida film seanslari bilan tanishishingiz va chipta xarid qilishingiz mumkin.

Avvalroq Toshkentda “Bahodir Yalangto‘sh” filmining maxsus taqdimoti bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Bahodir Yalangto‘sh

Bahodir Yalangto‘sh
Original nomi
Bahodir Yalangto‘sh
Janr
drama
Premyera
6-iyun 2024 (O‘zbekiston) / 6-iyun 2024 (Jahon)
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ