Hafta kinopremyeralari: 20-iyun

E’lon qilingan sana· 466
Hafta kinopremyeralari: 20-iyun

Oʻzbekiston kinoteatrlarida 20-iyun kunidan boshlab, “Три богатыря. Ни дня без подвига”, “Тур с Иванушками” komediyasi, “Волейбол! Решающая игра на свалке” va boshqa yangi filmlar premyera qilinadi.

“Три богатыря. Ни дня без подвига”

Uch qahramon har kuni jadval boʻyicha oʻz ishiga kirishadi. Bir qarasang knyazlik tojining oʻgʻirlanishi boʻyicha vazifa, bir qarasang doʻstlarni sehrli olamdan qutqarish missiyasi, yoki Yuliy va Alyosha oʻrtasidagi aql jangi. Kichik sarguzashtlar boʻlmaydi, bizning qahramonlarimiz ham kichik emas.

Seanslar jadvali.


“Волейбол! Решающая игра на свалке”

Bosh qahramonlar professional voleybolchi boʻlish orzusi yoʻlida astoydil harakat qiladi. Va nihoyat ular oʻz hayotidagi eng muhim boʻlgan axlatxonadagi hal qiluvchi oʻyinga kirishadi. Raqibi mamlakatning eng kuchli jamoasi ekanini bilgach, vaziyat murakkablashadi. Ayni paytda, axlatxonada qahramonlar nafaqat raqiblari bilan, balki yoʻlida doimo paydo boʻladigan kutilmagan toʻsiqlar bilan ham kurashishi kerak. Bu hikoya, barcha qiyinchiliklarga qaramay, oʻziga boʻlgan ishonchni saqlab qolish va taslim boʻlmaslik haqidadir.

Seanslar jadvali.


“Загадка волшебного острова”

Yosh Charli Kuper sayohat qilishni orzu qiladi va otasi hamda bobosi kabi kapitan boʻlishni xohlaydi. Maktabga ketayotib tasodifan yoʻqolib ketgan deb hisoblanadigan qushning juda kam uchraydigan tuxumini topib oladi. Ushbu kashfiyot mashhur boʻlish yoʻlida hech narsadan qaytmaydigan, ayyor merning e’tiborini tortadi. Qiz topgan tuxumni olib ketishadi. Ammo Charli muvaffaqiyatsizlikka qaramay, osonlikcha taslim boʻlmaydi. Bundan tashqari, qiz bu qush tuxumdan faqat oʻz vatanida, uzoq, sirli orolda chiqishi kerakligini bilib oladi. U doʻstlari bilan oʻsha yerga boradi.

Seanslar jadvali.


“Тур с Иванушками”

Bolaligida “Иванушки International” musiqa guruhi muxlisi boʻlgan uchta dugona butun umri davomida biron marta ham jinnilik qilmaganini tushunadi. Bu ayollar doimo oʻzlari uchun emas, balki kimningdir manfaati uchun yashab kelgan. Ular oʻzlarining bolalik orzularini roʻyobga chiqarishga — Rossiyaning janubiga “Иванушки"ning ortidan safarga chiqishga qaror qiladi.

Seanslar jadvali.


“Смотрители”

Gʻarbiy Irlandiyadagi oʻrmonda bir ayol adashib qoldi. U yana uchta notanish odam yashaydigan boshpanani topadi, lekin ularni har kuni tunda sirli mavjudotlar kuzatib borardi.

Seanslar jadvali.


“Ночной замес”

Bir guruh oʻsmirlar tunda supermarketga kirib, tabiatni asrash shiori ostida janjal uyushtirishni boshlaydi. Ikki tungi qoʻriqchi ularni ushlaydi, ammo baxtsiz hodisa tufayli ulardan biri vafot etadi. Ikkinchi qoʻriqchi doʻstining oʻlimidan gʻazablanib, haqiqiy qirgʻinni amalga oshiradi. U tizimli ravishda, nihoyatda shafqatsizlarcha yoshlarni yoʻq qiladi. Najot topishning yagona imkoniyati ertalabgacha yetib olishdir.

Seanslar jadvali.


“Опасные воды”

Britaniyaning Virjiniya orollari. Besh nafar kollejdagi do‘stlar Ikkinchi jahon urushi vaqtida halokatga uchragan, yangi topilgan kemaga sho‘ng‘ishadi va katta oq akulalar tuzog‘iga tushib qoladi.

Seanslar jadvali.


“Проклятие демона”

Sao yovuz ruhga va uning albinos doʻsti Klaud esa oʻzgacha genetik xususiyatlarga ega. Ammo bu ularning doʻst boʻlishiga toʻsqinlik qilmaydi. Qishloqda dahshatli voqealar sodir boʻlganda, aholi yirtqich hayvonlar ovchisini yollaydi. Klaud Saoni himoya qilishga harakat qiladi, lekin uning ichki ruhlarining qonga tashnaligi ortadi. BUndan tashqari, ovchi ham allaqachon uning iziga tushgan.

Seanslar jadvali.


“Паранормальные явления. Поместье призраков”

Mashhur blogerlar Tea va Luiza oʻz tomoshabinlari uchun gʻayritabiiy voqealarni suratga olish uchun tashlandiq uyga borishadi. Qadim zamonlarda bu yerda okkultistlar uyi boʻlgan va har toʻlin oyda uy egasi va uning izdoshlari iblisning kuchini mustahkamlash uchun oʻgʻirlangan qizni qurbon qilishadi. Uy boʻylab kameralarni joylashtirish vaqtida ular oy toʻlgani haqida oʻylamaydi va jonli efirda boshqa dunyodan kelgan kuchlarga qarshi qolib ketadi.

Seanslar jadvali.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ