“Boshqotirma 2” multfilmi 2024-yilning eng yuqori daromad keltirgan loyihasiga aylandi

E’lon qilingan sana· 440
“Boshqotirma 2” multfilmi 2024-yilning eng yuqori daromad keltirgan loyihasiga aylandi

Multfilm oʻn kun ichida kassa sotuvlari boʻyicha "Dyuna" filmini ortda qoldirdi va allaqachon 724 million dollar yigʻdi.

“Boshqotirma 2” (“Inside Out 2”, “Головоломка 2”) multfilmi 10 kunlik prokatda 724 million dollar yig‘ib, 2024-yilning eng yuqori daromad keltirgan loyihasi bo‘ldi. “Disney” va “Pixar” loyihasi butun faoliyati davomida 711 million daromad keltirgan “Dyuna: Ikkinchi qism” filmining kassasini ortda qoldirdi.

Bu shuni anglatadiki, agar “Pixar” blokbasteri yaqin vaqt ichida milliard dollarlik chegaradan oshadi va 2024-yilda prokatdan 1 milliard dollar ishlab topgan birinchi film boʻladi, bu natijani oxirgi marta “Barbi” qayd etgandi.