Ertaga bitiruvchilar haqidagi "Odina" filmi premyerasi boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 671
Ertaga bitiruvchilar haqidagi "Odina" filmi premyerasi boʻlib oʻtadi

28-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida bitiruvchilar haqida hikoya qiluvchi “Odina” badiiy filmining ilk katta premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Filmda bitiruvchi sinfda tahsil olayotgan maktab o‘quvchilarining bir-biridan qiziq sarguzashtlari, ilk muhabbati, tanlovlardagi g‘oliblik uchun harakati va katta hayot ostonasidagi qiyinchiliklari aks etgan.

Shuningdek film, rejissor Husan Habibullayev tomonidan suratga olingan bo‘lib, unda Nigina G‘ulomova, Farangiz Abdazova, Davlat Umarov, Mehriddin Rahmatov, Zumrad Eshonqulova va Diana Yagofarova kabi taniqli aktyor va aktrisalar rol ijro etgan.

Premyera soat 17:00 da boshlanadi. Kirish bepul.

Film treylerini quyida tomosha qilishingiz mumkin.