"Boshqotirma 2" multfilmi 1 milliard dollardan koʻproq pul ishlab topdi

E’lon qilingan sana· 566
"Boshqotirma 2" multfilmi 1 milliard dollardan koʻproq pul ishlab topdi

Pixar kompaniyasining “Boshqotirma 2” multfilmi jahon prokatida rasman 1 milliard dollardan ortiq pul ishlab topdi. Bu haqda Variety xabar berdi. Sikvel multfilmlar uchun rekord vaqt — 19 kun ichida bunday natijaga erishdi.

“Boshqotirma 2” umumiy hisobda 1,015 milliard dollar ishlab topdi. Bundan 469,3 million dollar Shimoliy Amerikadagi prokatlardan kelgan. Xalqaro prokatda esa 545,5 million dollar ishlab topgan.

Animatsiya milliard dollarlik chegaradan o‘tgan 11-multfilm bo‘ldi. Multfilm syujetiga koʻra, Rayli va uning his-tuygʻulari yangi sarguzashtlarni boshidan kechiradi.