Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (8-avgust)
8-avgust kuni Oʻzbekiston kinoteatrlarida “Бордерлендс” jangovar komediyasi, “Всё закончится на нас” melodramasi va prokatga chiqarilgan boshqa yangi filmlar namoyishi boshlandi.
“Бордерлендс”
Olamdagi eng mashhur bosh ovlovchilardan biri Lilit ikki narsaga chiday olmaydi: oʻz sayyorasi boʻlgan Pandora va qaroqchi Atlas. Shunga qaramay, u ikkalasi bilan ham yuzlanishiga toʻgʻri keladi. U Pandoraga Atlasning qizini qidirishga borib, boshqa sarguzashtchilar bilan birlashadi. Ular birgalikda begona irq vakillariga, shafqatsiz ovchilarga qarshi kurashishi, sayyoraning eng qorongʻu sirlaridan birini ochishi va dunyoni yaqinlashib kelayotgan yovuzlikdan qutqarishi kerak. Agar kimdir buni uddalay olsa, bu, albatta, ulardir.
“Всё закончится на нас”
Lili ogʻir oʻtgan bolaligiga qaramay Bostonga koʻchib oʻtadi va hayotini yangidan boshlaydi. Uning orzusi — oʻz biznesiga ega boʻlish. Neyroxirurg Rayl Kinkeyd bilan tasodifiy uchrashuv ular oʻrtasidagi kuchli his-tuygʻularni uygʻotadi. Ammo Lili Raylda oʻz ota-onasining munosabatlarini eslatuvchi yomon odatlarni koʻradi. Lilining birinchi muhabbati Atlas Korrigan hayotiga qaytganida esa uning Rayl bilan munosabatlari oʻzgaradi va kelajagi uchun chidab boʻlmas darajada qiyin tanlovlar qilish vaqti kelganini tushunadi.
“Мой дикий друг”
Yettinchi sinf oʻquvchisi Sasha Menshikov yangi maktabda oʻquv yilini tugatmoqda. U kichik va goʻzal shaharchada xolasi Nina bilan yashaydi. Sashaning onasi, taniqli olim, navbatdagi ekspeditsiyasi davomida oʻgʻlini Moskvadan bu shaharchaga olib kelgan. Sasha sinfdoshlari bilan chiqisha olmadi, u koʻpincha tabiat qoʻynida yolgʻiz yuradi. Bir kuni oʻrmonda Sasha tuzoqqa tushgan kichkina tulkini koʻrib qoladi. Brakonerlar tulki bolasini ovlayotganini bilgach, bola uni oʻrmon ichkarisidagi qazilmaga yashiradi va ovqatlantirishni boshlaydi. Bu doʻstlik, mas’uliyat va adolat haqidagi ta’sirli va sarguzashtga boy hikoyaning boshlanishi edi.
“Астрал. Проклятие Лилит”
Eng yaqin doʻsti gʻoyib boʻlganidan beri, Dindaning hayoti dahshatli tushga aylandi. Uni qizil koʻylakdagi ayol qiyofasida yovuz ruh ta’qib qiladi. Dindaning hayotiga nafaqat yovuz ruh, balki eng yaqin doʻsti gʻoyib boʻlgan kechada boʻlgan voqealarni sir saqlashga harakat qilayotgan odamlar ham tahdid qilmoqda.