"Mahalla" telekanalida "Gʻurur" dramatik seriali namoyishi boshlandi
E’lon qilingan sana: · 114

“Mahalla” telekanalida “Gʻurur” nomli 100 qismli dramatik serial namoyishi boshlandi. Serial sevgi va muhabbat, mol-dunyo, nafs, ayriliq va hijron mavzularini qamrab oladi.
Bundan tashqari, insoniylik, gʻurur va orini saqlagan qahramonlar hayotidagi mashaqqatlari koʻrsatiladi. Oʻzbek ayolining vafosi, sadoqatini yorqin koʻrinishda namoyish etiladi. “Gʻurur"da Boir Xolmirzayev, Muqaddas Xoliqova, Rustam Karimov, Nodira Mahmudova, Jahongir Teshaboyev kabi aktyor va aktrisalar rol ijro etgan.
Serial postanovkachi rejissyori Sherzod Abduvaliyev, postanovkachi operatori Lutfullo Qayumov, prodyuser esa Jahongir Omonov hisoblanadi. “Gʻurur” seriali “Mahalla” telekanalida soat 17:10 da, takroran esa 12:00 da namoyish etiladi.