Netflix "Andisha va gʻurur" filmini suratga oladi
E’lon qilingan sana: · 185

Netflix Jeyn Ostinning “Andisha va gʻurur” klassik romanining yangi seriyali ekranizatsiyasini tayyorlamoqda.
Ssenariy muallifi — britaniyalik yozuvchi va jurnalist Dolli Alderton, “Sevgi haqida men bilgan barchasi” kitobi muallifi. Loyiha Netflix tomonidan hali rasman tasdiqlanmagan boʻlsa-da, “Deadline” ma’lumotlariga koʻra, ssenariy ustida faol ish olib borilmoqda.
Netflix avvalroq ham Jeyn Ostinning romanini ekranizatsiya qilishga harakat qilgan va 2022-yilda “Persuasion” filmi ni chiqargan. Taxminlarga koʻra, serial mashhur “Bridgertons” loyihasida boʻlgani kabi zamonaviy talqinda boʻladi, ammo kasting yoki premyera sanasi haqida hozircha aniq ma’lumot yoʻq.