Anons
“Fransiya premyeralari festivali” doirasida filmlar namoyishi
E’lon qilingan sana: · 556

Milliy kino san’ati saroyida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamkorligida “Fransiya premyeralari festivali” boʻlib oʻtadi.
Unda quyidagi fimlar namoyish etiladi:
- 21-noyabr soat 19:30 da — “Niki” filmi;
- 22-noyabr soat 19:30 da — “Samuray” filmi;
- 23-noyabr soat 16:00 da — “Yangi yil hayvonlari haqida hikoyalar” filmi;
- 23-noyabr soat 18:00 da — “Qora choy” filmi.
Bundan tashqari, 24-noyabr kuni soat 18:00 da “Kinoxona” mustaqil kinoteatrida “Sulaymon tarixi” filmi namoyish etiladi.
Filmlar fransuz tilida, rus tilidagi subtitrlar bilan namoyish etiladi.
Kirish bepul.