Enn Xeteuey, Frensis Makdormand, Skarlet Yoxanson: ayollar bosh qahramonga aylangan filmlar

E’lon qilingan sana· 457
Enn Xeteuey, Frensis Makdormand, Skarlet Yoxanson: ayollar bosh qahramonga aylangan filmlar

Bugun, 25-noyabr kuni butun dunyoda Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni nishonlanadi. Internetda ayollarni nima uchun qadrlashimiz kerakligi haqidagi matnlarda bir qator sabablar keltiriladi. Aslida esa ayollarning shunchaki ayol boʻlgani uchun sevishimiz, qadrlashimiz va ardoqlashimiz kerak.

Shu kun munosabati bilan Afisha.uz ayollar bosh qahramonga aylangan filmlar haqida ma’lumot beradi.


“The Color Purple” (1985)

Rejissyor Stiven Spilberg tomonidan 1985-yilda olingan film shu nomli Elis Uokerning shu nomli asariga asoslanadi. Kinokartinada bir ayolning kurashi tasvirlangan boʻlib, umid bagʻishlaydi.

Film voqealari XX asr boshlarida Jorjiya shtatidagi kichik bir shaharchada sodir boʻladi. U yerda janubiy shtatlar eski tuzumi an’analari hali ham amalda. Syujet markazida qahramon Siliya bo‘lib, u oʻzi uchun yopiq, shafqatsiz va qaygʻuli dunyoda o‘zligini topishga intiladi.

Filmni tomosha qilish.


“Erin Brockovich” (2000)

Erin Brokovich uch farzandni tarbiyalayotgan yolg‘iz ona boʻlib, ularning eng kichigi atigi 9 oylik. Ayolning hisob raqamida 16 dollar qolgan, ma’lumoti yo‘qligi sababli ishga olinmayapti va buning ustiga u avariyaga uchraydi hamda bu bo‘yicha sudda yutqazadi.

Filmni tomosha qilish.


“The Devil Wears Prada” (2006)

Ushbu klassik filmda barcha narsa bor deyish mumkin. Ayol boshliq, ishchi qizlar, moda va jurnalistika. Enn Xeteuey ham Meril Strip ham kinokartinada rollarni maromiga yetkazib ijro etgan.

Jurnalist bo‘lishni orzu qilayotgan Andrea universitetni tugatgach, Nyu-Yorkdagi eng yirik moda jurnallaridan birining qattiqqoʻl muharriri, qudratli Miranda Pristlining yordamchisi lavozimini egallaydi. Andrea har doim bu ish haqida orzu qiladi, lekin bu qanday ruhiy zo‘riqishlarga olib kelishidan xabari yoʻq edi.

Filmni tomosha qilish.


“Coco avant Chanel” (2009)

Koko Shanel haqida eshitmagan odam boʻlmasa kerak. Uning hayoti haqida bir qator filmlar ishlangan, ammo rejissyor Ann Fonten tomonidan suratga olingan va 2009-yilda premyera qilingan kinokartina bunga biroz boshqacha yondashadi.

Ushbu film afsonaviy dizayner Koko Shanel haqida hikoya qiladigan avtobiografik kinokartina hisoblanadi. Syujet bosh qahramon hali mashhur moda tarqatuvchisiga aylanmagan, erkaklar kostyumi va kichik qora ko‘ylak kiygan Gabriel Chanel boʻlgan vaqtni namoyish etadi.

Filmni tomosha qilish.


“Miss Congeniality” (2009)

Rejissyorlik boʻyicha darslarga kiritilgan “Miss Congeniality” filmda Sandra Bullok bosh rolni ijro etgan. Ushbu filmni ham maqsadga erishish uchun kurashgan ayol haqida deyish mumkin.

Film syujetiga koʻra, FQB yashirin agenti boʻlgan qiz go‘zallik tanlovida ishtirok etishi kerak. Ammo noziklik baholanadigan bunday musobaqada qatnashish politsiyachi uchun oson boʻlmaydi.

Filmni tomosha qilish.


“Three Billboards Outside Ebbing, Missouri”

Afsonaviy Frensis Makdormand melanxolik rollari bilan ajralib turadi. Ushbu filmda u katta yoʻqotishdan, ogʻir judolikdan keyin ham oʻzini yoʻqotmay, barchasiga bardosh berib, kurashni davom ettirgan ayol obrazini gavdalantiradi.

Mildred Xeysning qizi oʻldirilganidan bir necha oy oʻtsa ham, jinoyatchilar haligacha topilmagan. Umidsiz ayol dadil qadam tashlashga qaror qilib, shaharga kiraverishdagi uchta bilbordni ijaraga oladi va ular orqali politsiya boshligʻi Uilyam Uillobiga xabar qoldiradi. Sherifning oʻrinbosari, zoʻravonlikka moyil boʻlgan ofitser Dikson ham vaziyatga aralashib qolganda, Mildred va shahar hokimiyati oʻrtasidagi kurash yanada kuchayadi.

Filmni koʻrish.


“Lucy” (2014)

Rejissyor Lyuk Besson 1994-yilda kinematografiya tarixidagi eng mashhur filmlardan biri “Leon"ni ishlagan. Oradan 20 yil oʻtib esa u oʻzining mahorati yoʻqolib ketmaganini “Lucy” kinokartinasi bilan isbotlaydi.

Kechagina u shunchaki goʻzal mallasoch qiz edi, bugun esa sayyoradagi g‘ayritabiiy qobiliyat va aql-idrokga ega bo‘lgan eng xavfli va halokatli mavjudotga aylandi. Yaqindagina butun dunyo olimlari fantastik nazariya deb hisoblagan narsa qiz uchun haqiqatga aylandi. Endi u o‘ljadan ovchiga aylanadi.

Filmni tomosha qilish.


“Ocean's Eight” (2018)

Oushenning doʻstlari bilan ideal rejani amalga oshirishi haqidagi filmlar yodingizda boʻlsa kerak. Sandra Bullok, Keyt Blanshet, Enn Xeteuey kabi Gollivud goʻzallari bu safar Oushen va uning dugonalariga aylanadi.

Besh yil, sakkiz oy, o‘n ikki kun… Debbi Oushen oʻzining doʻstlari bilan amalga oshiradigan mukammal rejasini aynan shuncha vaqt ichida tuzgan.

Filmni tomosha qilish.


Little Women (2019)

“Barbi” filmi bilan tanish boʻlgan rejissyor Greta Gervig avvalroq ushbu filmga ham rejissyorlik qilgan. Bundan tashqari, Garri Potter haqidagi filmlar seriyasida Germiona Greynjer obrazini gavdalantirgan va bir obraz asiri deya ta’riflanadigan Emma Uotson ham asosiy rollardan birini ijro etgan.

Film bir-biriga o‘xshamaydigan to‘rt opa-singilning voyaga yetishi haqida hikoya qiladi. Voqealar AQShdagi fuqarolar urushi davrida sodir bo‘ladi, ammo qizlar duch keladigan muammolar, jumladan, birinchi muhabbat, umidsizlik, azobli ayriliq va hayotda o‘z o‘rnini topish har qachongidan ham dolzarb.

Filmni tomosha qilish.


“Promising Young Woman” (2020)

Rejissyor Emerald Fennel tomonidan suratga olingan kinokartina 2021-yilda Oskarning eng yaxshi film uchun nomzodlari qatorida boʻlgan. Kinokartina oʻzining oʻtkir burilishi bilan ham ajralib turadi.

Chiroyli, juda aqlli va katta umid bag‘ishlovchi nufuzli universitet talabasi boʻlgan qizning kelajagi oldindan belgilab qo‘yilgandek tuyulardi. Ammo bir fojiali voqea barchasini o‘zgartirib yuboradi. Endi u ikki tomonlama hayot kechirmoqda va faqatgina qasos olish haqida oʻylamoqda.

Filmni tomosha qilish.


Ayollar bosh qahramonga aylangan oʻzbek filmlari

“Kelgindi kelin” (2006)


“Parizod” (2012)


“Nazira” (2017)


“Rangsiz tushlar” (2020)

Filmni tomosha qilish.


“Faridaning 2000 qoʻshigʻi” (2020)

Filmni tomosha qilish.


Oʻzbek qizi (2023)

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov