Aktyor Ravshan Joʻrayev 63 yoshida vafot etdi
E’lon qilingan sana: · 173

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktyori Ravshan Joʻrayev 63 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aktyor ko‘p yillar davomida kinofilmlardagi rollaridan tashqari teatr sohasida ham faoliyat yuritib kelgan.
Bundan tashqari, Ravshan Joʻrayev “Shaytanat”, “Koʻngil koʻchalari”, “Opa-singillar” seriallarida, shuningdek, “Nomus kuchi”, “Xazon” va “Bobur” filmlarida rol ijro etgan.