"Kalmar oʻyini"ning yakuniy mavsumi premyera sanasi ma'lum qilindi

Netflix platformasi “Kalmar o‘yini” serialining uchinchi mavsumi premyera sanasini e’lon qildi. Qayd etilishicha, koreys serialining finali 27-iyun kuniga moʻljallangan. Bu haqda “Variety” nashri xabar berdi.
Ma’lumot uchun, “Kalmar o‘yini” seriali 2021-yilda ilk bor premyera qilingan. Ikkinchi mavsum esa 2024-yil dekabr oyi oxirida namoyish etildi. Serialda omon qolish uchun yangi turnir va Son Gi Xunning (456-oʻyinchi) o‘yinga chek qo‘yishga urinishlari haqida hikoya qilinadi.
Bundan tashqari, amerikalik rejissyor Devid Fincher “Kalmar oʻyini” serialining ingliz tilidagi remeykini ishlashi ma’lum boʻlgandi.
Avvalroq Afisha.uz serialning ikkinchi mavsumini tahlil qilgandi, shuningdek, “Kalmar oʻyini"ning yakunida muhim boʻlib chiqishi mumkin boʻlgan, ammo e’tibordan chetda qolgan ba’zi jihatlarga toʻxtalib oʻtgan.