"Uensdey" serialining ikkinchi mavsum tizeri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 866
"Uensdey" serialining ikkinchi mavsum tizeri e'lon qilindi

Netflix striming platformasi katta mashhurlikka erishgan “Uensdey” serialining qisqa tizerini e’lon qildi. Jenna Ortega ishtirokidagi Amerika serialining yangi mavsumi 2025-yilda premyera qilinadi.

Rollarda Ketrin Zeta-Jons, Kristofer Lloyd, Tandive Nyuton, Billi Payper va qo‘shiqchi Lady Gaga koʻrinish beradi. “Uensdey” seriali rejissyori Tim Byorton hisoblanadi. Qayd etilishicha, premyera sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Shuningdek, 2025-yilda Netlix’da “Kalmar o‘yinlari” va “G‘alati ishlar” seriallarining final mavsumlari chiqariladi.