"Smurflar" animatsion filmi treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 172
"Smurflar" animatsion filmi treyleri e'lon qilindi

Paramount Pictures kompaniyasi “Smurflar” animatsion filmining treylerini taqdim etdi. Multfilmning kinoteatrlardagi premyerasi 18-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Loyiha Smurfetta (Rihanna) boshchiligidagi smurflarning yangi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Syujetga ko‘ra, yovuz sehrgarlar Razamel va Gargamel Ota Smurfni (Jon Gudman) o‘g‘irlab ketadi. Uni qutqarish uchun qahramonlar real dunyoga — Parijga yo‘l oladi va ularga barcha sinovlardan o‘tishga yordam beradigan yangi do‘stlar orttiradi.

Qayd etilishicha, boshqa rollarga Kurt Rassell, Sandra O, Natasha Lionn, Oktaviya Spenser, Nik Offerman, Jeyms Korden va boshqalar ovoz bergan. Rejissyorlar Kris Miller va Mett Lendon hisoblanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling