"Soyuzmultfilm" urush va undan keyingi davrda yaratilgan 20 ta multfilmni qayta tiklaydi

E’lon qilingan sana· 548
"Soyuzmultfilm" urush va undan keyingi davrda yaratilgan 20 ta multfilmni qayta tiklaydi

“Soyuzmultfilm” Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning sakson yilligi munosabati bilan oʻsha davrda yaratilgan 20 ta multfilmni qayta tiklaydi.

Qayd etilishicha, restavratsiya jarayonida plyonkaning eskirishi tufayli yuzaga kelgan texnik nuqsonlar bartaraf etiladi. To‘plamga bir nechta mavzudagi multfilmlar kiritilgan, jumladan, targ‘ibot multfilmlari, studiya Samarqandga evakuatsiya qilingan paytda olingan lentalar, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi xotirasiga bag‘ishlangan urushdan keyingi multfilmlar.

Qayta tiklanadigan multfilmlar roʻyxati quyida keltirilgan:

  • “Муха-Цокотуха” (1941, rejissyor Vladimir Suteyev),
  • “Лиса, Заяц и Петух” (1942, rejissyor Olga Xodatayeva),
  • “Елка” (1942, rejissyor Mixail Sehanovskiy va Pyotr Nosov),
  • “Слон и Моська” (1941, rejissyor Panteleymon Sazonov, Lamis Bredis),
  • “Синица” (1944, rejissyor Mstislav Pashenko, Aleksandr Ivanov),
  • “Орел и Крот” (1944, rejissyor Panteleymon Sazonov, Lamis Bredis),
  • “Телефон” (1944, rejissyor Mixail Sehanovskiy),
  • “Одна из многих” (1943, rejissyor Lamis Bredis),
  • “Песенка радости” (1946, rejissyor Mstislav Pashenko),
  • “Серая шейка” (1948, rejissyor Leonid Almarik, Vladimir Polkovnikov),
  • “Тихая поляна” (1946, rejissyor Boris Dyojkin, Gennadiy Filippov),
  • “Федя Зайцев” (1948, rejissyor Zinaida Brumberg, Valentina Brumberg),
  • “Цветик-семицветик” (1948, rejissyor Mixail Sehanovskiy),
  • “Скрипка пионера” (1971, rejissyor Boris Stepansev),
  • “Старая фотография” (1971, rejissyor Vladimir Tarasov),
  • “Василёк” (1973, rejissyor Stella Aristakesova),
  • “Легенда о старом маяке” (1973, rejissyor Vitold Bordzilovskiy),
  • “Сказка сказок” (1979, rejissyor Yuriy Norshteyn),
  • “Солдат и сад” (1980, rejissyor Stanislav Sokolov),
  • “История одной куклы” (1984, rejissyor Boris Albinin),
  • “Воспоминание” (1986, rejissyor Vladimir Arbekov).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling