AQSh kinoaktyorlari gildiyasi mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 361

Los-Anjelesda kino va televideniye sohasida o‘tgan yil davomida erishilgan ulkan yutuqlarni e’tirof etish uchun 31-chi AQSh kinoaktyorlari gildiyasining mukofot topshirish marosimi (SAG Awards) bo‘lib o‘tdi.
Kristian Bell boshlovchilik qilgan marosim Netflix’da jonli efirda namoyish etildi va bo‘lajak Oskar taqdirlash marosimidan oldingi so‘nggi yirik tadbir bo‘ldi.
Quyida barcha gʻoliblar keltirilgan:
“Kino” turkumi boʻyicha
- Eng yaxshi aktyorlar ansambli: “Conclave”;
- Eng yaxshi aktyor: Timoti Shalame — “A Complete Unknown”;
- Eng yaxshi aktrisa: Demi Mur — “The Substance”;
- Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Kiran Kalkin — “A Real Pain”;
- Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Zoi Saldan — “Emilie Perez”;
- Eng yaxshi kaskadyorlar tarkibi: “The Fall Guy”.
“Televideniye” turkumi boʻyicha
- Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyorlar ansamble: “Shōgun”;
- Dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa: Anna Savai — “Shōgun”;
- Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor: Xiroyuki Sonuda — “Shōgun”;
- Komedik serialdagi eng yaxshi aktyorlar ansamble: “Only Murders in the Building”;
- Komedik serialdagi eng yaxshi aktrisa: Jin Smart — “Hacks”;
- Komedik serialdagi eng yaxshi aktyor: Martin Short — “Only Murders in the Building”;
- Mini-serial yoki telefilmdagi eng yaxshi aktrisa: Jessika Ganning — “Baby Reindeer”;
- Mini-serial yoki telefilmdagi eng yaxshi aktyor: Kolin Farrell — “The Penguin”;
- Televideniyedagi eng yaxshi kaskadyorlar tarkibi: “Shōgun”;
- Yutuqlar uchun faxriy mukofot: Jeyn Fonda.