Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (27-fevral)

E’lon qilingan sana· 923
Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (27-fevral)

Oʻzbekiston kinoteatrlarida “Чокнутые” kriminal komediyasi, “Королевские приключения” multfilmi, “Клинер” dramasi va va boshqa premyeralarning namoyishi boshlanadi.


“Чокнутые”

Sobiq jinoyatchi Vinsent dam olishni orzu qiladi. U Yangi yilni oila davrasida nishonlashga qaror qiladi, ammo uning oldida nafaqat qarindoshlari, balki sobiq do‘stlari ham paydo bo‘ladi.

Chiptalarni sotib olish.


“Обезьяна”

Egizak aka-ukalar Bill va Xel chordoqda otasining eski o‘yinchoq maymunini topib oladi va dahshatli o‘limlar ketma-ketligi boshlanadi.

Chiptalarni sotib olish.


“Королевские приключения”

Afsonaviy qirollikda yosh, ammo juda zararli malika Zlata yashar edi. U dunyodagi barcha narsalardandan ko‘ra koʻproq o‘zini sevardi, barcha ayyor zodagonlar bundan foydalanardi. Ammo bir kuni uning bog‘ida bog‘bon Miroslav paydo bo‘ladi. U malikaga yordam berishga qaror qiladi va uni saroydan o‘g‘irlab ketadi. Ular birgalikda qiziqarli, ammo xavfli sayohatga otlanadi. Zlata nafaqat atrofdagi dunyoni sevib qolishi, balki bog‘bonning dahshatli sirini ham ochishi kerak.

Chiptalarni sotib olish.


“Супергномы”

Maftunkor Elfi odamlarga yashirincha yordam beradigan supergnomlar klaniga mansub. Kunlarning birida jasur kichik qahramonlar qo‘shni hududda yanada ilg‘or gnomlar klani mavjudligini tasodifan bilib qolgach, tom ma’noda oyoqqa turadi. Ajoyib gadjetlarning mavjudligidan tashqari, ma’lum bo‘lishicha, qo‘shnilarda hayot ancha qiziqarli va quvnoq, sarguzashtlar esa yanada ajoyib va masshtabliroqligi bilan ajralib turardi.

Chiptalarni sotib olish.


“Клинер”

Radikal ekofaollar guruhi energetika kompaniyasining korrupsiyalashgan rahbarlarini fosh qilish uchun osmono‘par binodagi hashamatli ziyofatda 300 kishini garovga oladi. Ammo to‘da safida anarxiya manifesti sifatida garovga olinganlarni yo‘q qilishni rejalashtirgan haqiqiy telba bor. Faqatgina o‘tib bo‘lmas osmono‘par bino derazalarining tashqi tomonidagi avval maxsus kuchlar xodimi, hozir esa oddiy oyna yuvuvchi boʻlgan nozikkina qiz odamlarni halokatdan qutqara oladi.

Chiptalarni sotib olish.


“Настоящая боль”

Anchadan beri ko‘rishmagan amakivachchalar Devid va Benji sevimli buvisini xotirlash uchun Polsha bo‘ylab sayohatga chiqishadi. Ammo uzoq yillar davomida yig‘ilib qolgan gina-kuduratlar, qarama-qarshiliklar asta-sekin o‘z ta’sirini koʻrsatadi.

Chiptalarni sotib oling.


“Кончится лето”

Yosh yigit Kesha uzoq vaqtdan keyin qishloqqa qaytib keladi. Uni qishloqda otasi va ukasi Tima kutayotgandi. Kesha — yigirma yetti yoshda. U qamoq muddatni oʻtab kelayotgandi. Endi esa Kesha biror ish topib, pul yig‘moqchi, keyin esa nima qilishini oʻylab koʻradi. Kichik Tima esa atigi o‘n yetti yoshda. U maktabni bitirgan, institutga byudjetga kirishni orzu qiladi. Hammasi rejadagidek ketayotganga o‘xshardi. Tima kirish imtihonida yuqori ball oladi, Kesha oltin qazib olish arteliga ishga kiradi. Ammo tez orada Keshani oltin izlovchilar “kiydirib” ketadi va u ishsiz hamda kelajaksiz qoladi. U qasos olishga qaror qiladi. Kesha oltinlarni o‘g‘irlab, qochadi, lekin yolg‘iz emas, ukasi bilan birga.

Chiptalarni sotib olish.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling