Bahoriy kayfiyat uchun 10 ta film

E’lon qilingan sana· 1 266
Bahoriy kayfiyat uchun 10 ta film

Oʻzbekistonda bahor qor va yomgʻir bilan boshlanganiga qaramay, tezda koʻngilga xush yoquvchi iliq havo kirib keldi. Bahorga odatda yasharish, yangilanish fasli deya ta’rif beriladi. Shu bilan birga uni muhabbat fasli deb ham atash mumkin.

Ushbu jamlanmada Afisha.uz bahoriy kayfiyatni berishi mumkin boʻlgan jahon va oʻzbek kinolari haqida ma’lumot beradi.


Notting Hill (1999)

Juliya Roberts va Xyu Grant ishtirokida romantik komediya rejissyor Rojer Michchel tomonidan suratga olingan. Shuningdek, kinokartinada mashhur shaharchaning goʻzal arxitekturasidan ham zavq olish mumkin.

Film Notting-Xilldagi (London tumanlaridan biri) kitob do‘konining kamtarin egasi haqida hikoya. Uning hayoti kunlarning birida kino yulduzi qo‘llanma sotib olish uchun kichik kitob do‘koniga kirganidan so‘ng keskin o‘zgaradi…

Filmni tomosha qilish.


The Hours (2002)

Kinokartina yozuvchi Virjiniya Vulfning “Dellouey xonim” asari asosida suratga olingan. Kinokartina aktyorlar tarkibini yulduzli deyish mumkin. Asosiy rollarni Meril Strip, Nikol Kidman, Julliana Murlar ijro etgan.

Mutlaqo boshqa-boshqa uch ayolning hayotidan bir kun. Ularning orasida ellik yillik yaqqol farqlarga qaramay, qandaydir umumiylik bor.

Filmni tomosha qilish.


Spring, Summer, Fall, Winter… and Spring (2003)

Koreyalik rejissyor Kim Ki Dukni butun dunyoga mashhur qilgan kinokartina 2003-yilda ishlangan. Hozirgi kunda koreys filmlari va seriallari mashhur, biroq bu tendensiya asr boshida mana shunday kinokartinalar bilan boshlangan.

Yil fasllari almashinuvini buzish hech kimning qoʻlidan kelmaydi. Avvaliga hamma narsa tug‘iladi, keyin o‘sadi, keyin esa so‘nadi. Hatto tog‘lar bilan o‘ralgan ko‘lda joylashgan suzuvchi kulbada yashovchi ikki rohib ham hayotning borishiga ta’sir qilmaydi.

Filmni tomosha qilish.


Big Fish (2003)

Ushbu sarguzasht kinokartinaga Deniel Uolles asari asos qilib olingan. Vafot etgan otasining hayoti haqida o‘g‘li iloji boricha ko‘proq bilishni istaydi, u haqida hikoyalar to‘playdi.

O‘g‘il otasining yiroqlashib ketgan hayotini bir qator afsona va rivoyatlarda qayta tiklashga harakat qiladi, u tarqoq faktlarni o‘ylab topadi. Inson hayotidagi past-balandliklar oxir-oqibat kutilmagan rakursda namoyon bo‘ladi.

Filmni tomosha qilish.


Yes Man (2008)

Ushbu roʻyxatdan Jim Kerri oʻynagan film oʻrin olsa adolatdan boʻladi. Qiziqarli tomoni, ushbu film ham Deniel Uollesning asari asosida suratga olingan.

Karl Allen (Jim Kerri) — barcha savollarga “yo‘q” deb javob beradigan, atrofdagilar bilan juda yomon munosabatda boʻlgan odam. Xotini uni tashlab ketgan, ishda u har doim bank mijozlariga qarz berishdan bosh tortadi. Kunlarning birida u barcha savollarga “ha” deb javob berishga qaror qiladi.

Filmni tomosha qilish.


Eat, Pray, Love (2010)

Julia Roberts bu safar Xavyer Bardem bilan tandemda rol ijro etgan. Kinokartina rejissyori esa Rayan Myorfi hisoblanadi.

Oilali ayol Elizabet Gilbert ajoyib kunlarning birida o‘zi istagan hayotdan butunlay boshqacha yashayotganini tushunib yetadi. Og‘riqli ajrashishdan so‘ng, u yangi ufqlarni ochish va o‘zini anglashga yordam beradigan dunyo bo‘ylab sayohatga chiqadi.

Filmni tomosha qilish.


Hope Springs (2012)

Amerikalik ijodkorlar tomonidan suratga olingan kinokartina rejissyori Devid Frenkel boʻlib, tragikomediya janrida ishlangan. Bosh rollarni Meril Strip va Tommi Li Jons oʻynagan.

O‘ttiz yillik nikohdan so‘ng, eri befarq bo‘lgan yolg‘iz Key (Meril Strip) oilaviy muammolar bo‘yicha mutaxassis doktor Feldaning (Stiv Karell) bir haftalik kursida o‘qishga qaror qiladi. Uning turmush o‘rtog‘i Arnoldda (Tommi Li Jons) bularning barchasi chuqur nafrat uyg‘otadi. U hech kim his-tuyg‘ularini kavlashini xohlamasdi.

Filmni tomosha qilish.


Aurore (2017)

Avrora Fransiyaning go‘zal shaharlaridan birida yashaydi. Uning ikki bo‘yi yetgan qizi va bitta sodiq dugonasi bor. Avrora ularni juda yaxshi ko‘radi. Unga yoqmaydigan narsa — bu o‘zgarishlar. Avrora ishini yo‘qotib, tez orada yosh buviga aylanishini bilgan vaqtda buni ishora sifatida qabul qiladi.

Dunyoni yoshlar egallab oldi va endi unga bu yerda o‘rin yo‘q. Yaxshiyamki, Avrora uchun hayotini yangi sahifadan boshlash va hatto hozir eng yaxshi hayotni yashayotganiga hammani ishontirish uchun ajoyib sabab paydo bo‘ladi!

Filmni tomosha qilish.


41-yil olmasi (1969)

Ikkinchi jahon urushi davri haqida rejissyor Ravil Botirov tomonidan 1969-yili tasvirga olingan kinokartinada asosiy rollarni Nabi Rahimov, Usmon Salimov va Shuhrat Irgashev kabi aktyorlar ijro etgan.

Oʻzbekistondan poyezd vagonlarida front chizigʻiga olmalar olib ketilmoqda. Bu ish bilan shugʻullanayotgan odamlarni yoʻl davomida har xil voqealar kutmoqda.


Sevishganlar (1969)

Koʻplab kinorejissyorlar tomonidan koʻrishga tavsiya qilinadigan kinokartina ham 1969-yilda suratga olingan. Kinokartina Elyor Ishmuhammedov tomonidan suratga olingan.

Film voqealari Toshkentda boʻlib oʻtadi. Bosh qahramon, Rodin, oʻz xohishi bilan uni yoqtirmaydigan qizdan ajraladi va bu uning uchun qiyin kechadi. Ikkinchi qahramon, Rustam esa bu borada muvaffaqiyatli. Kelib chiqishi yunon boʻlgan uchinchi qahramon — Tatos esa onasi va singlisini topishi kerak.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling