Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (17-aprel)

Oʻzbekiston kinoteatrlarida “Грешники” dramasi, “Кракен” fantastik jangari filmi, “Всё, что тебя касается” komedik dramasi va boshqa premyeralar namoyishi boshlandi.
“Грешники”
Notinch hayotini ortda qoldirmoqchi bo‘lgan egizak aka-ukalar, hammasini boshidan boshlash umidida o‘z tug‘ilgan shahariga qaytadi. Biroq ular qaytib kelganida, ularni yanada dahshatliroq yovuzlik kutayotganini anglab yetishadi.
“Кракен”
Sovuq urush davrida Sovet suv osti kemasi AQSh qirg‘oqlari yaqinida Krakenni uchratadi. Dushman bilan birgalikda ekipaj dunyoni eng dahshatli maxluqlardan biri boʻlgan mavjudotdan qutqarishi kerak.
“Всё, что тебя касается”
17 yoshli Masha otasini hech qachon ko‘rmagan. Onasi esa qizaloq tug‘ilmasidan oldin otasi ularni tashlab ketganini aytadi. Bir kuni Masha bitiruv kechasi uchun eski fotosuratlarni koʻrib chiqar ekan, onasi otasiga yozgan xatni topib oladi va uning ismi Pavel Sokolov ekanini va ota-onasi 18 yil oldin “Звери” guruhining konsertida tanishganini bilib oladi. Keyin u armiyaga ketadi va hech qanday xat kelmaydi. Masha ijtimoiy tarmoqlarda ismi va yoshi mos keladigan erkakni topadi va u “Звери” guruhining yubiley konsertiga borayotgani haqidagi postni ko‘radi. Masha bu uning otasi ekaniga ishonadi va u ham konsertga borishga, uni topishga va nima uchun ularni tashlab ketganini bilishga qaror qiladi.
“Рейс навылет”
Sobiq maxsus agent Lukas Reyes Bangkokda bir alkogolni qoʻlidan qoʻymay, zo‘rg‘a kun kechirmoqda. Maxsus xizmatlarning Arvoh laqabli qimmatbaho xakerni qo‘lga olish operatsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng, rahbar Ketrin Brant Reysga iloji boricha tezroq Arvoh San-Fransiskoga uchib ketayotgan samolyotga o‘tirishni va ob’ektni tirik holda AQShga olib borishni so‘rashga majbur bo‘ladi. Muammo shundaki, xakerning tashqi ko‘rinishi hech kimga ma’lum emas va keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, samolyot turli xil qotillarga to‘la bo‘lib, ular ham uni ta’qib qilmoqda.
“Коллекционер душ”
Malayziya, 2006-yil. Li Xan qizi Yuytun o‘qiydigan qizlar maktabida farrosh bo‘lib ishlaydi. Qizcha gapirmaydi, shuning uchun uni to‘rt nafar yuqori sinf o‘quvchisi, jumladan, maktab direktorining qizi masxara qiladi. Ulardan uchtasi dom-daraksiz yo‘qoladi, direktor qizining jasadi esa repetitsiya paytida majlislar zalining shiftidan tushib ketgach, Yuytun g‘oyib bo‘ladi. Miss Li qizchasini qidirishga tushadi va uni yaqinda maktabga ishga kirgan shubhali qo‘shnisi o‘g‘irlab ketganini aniqlaydi.
“Микки Монстр”
Sho‘x sichqoncha Mikki uzoq yillar davomida bolalarni quvontirgan. Ammo bolalarning g‘azabi va yovuzligi Mikkini dunyoni tartibsizlikka aylantirmoqchi bo‘lgan maxluqqa aylantiradi. Agar Villi paroxodining yo‘lovchilari shafqatsiz Mikkini to‘xtatmasa, Nyu-Yorkda yangi hukmdor paydo bo‘lishi mumkin.