"Oʻyinchoqlar tarixi 5" multfilmining tafsilotlari e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 159
"Oʻyinchoqlar tarixi 5" multfilmining tafsilotlari e'lon qilindi

“O‘yinchoqlar tarixi” multfilmlarida astronavt Bazz Yorqinyulduz personajiga ovoz bergan aktyor Tim Allen franshizaning keyingi qismi tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, beshinchi qism asosan Jessiga bag‘ishlanadi.

Bazz, shuningdek, uning eng yaqin do‘sti, kovboy Vudi (Tom Xenks) ham multfilmda koʻrinish beradi.

“Multfilmning boshida Bazz Yorqinyulduz bilan ajoyib sahna boʻladi. Men faqat shu haqda gapira olaman, boshqa hech narsa aytolmayman”, — dedi Allen.

Avvalroq Allen animatsion film ssenariysini maqtab, uni “juda dono hikoya” deb atagan edi. “O‘yinchoqlar tarixi 5” 2026-yil iyun oyida premyera qilinadi. Multfilmga Endryu Stenton (“Nemoni izlab”) rejissyorlik qilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling