Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (8-may)

Oʻzbekiston kinoteatrlarida Uilyam Defo va Emili Uotson ishtirokidagi “Очи” oilaviy fantastik filmi, “Заклятие. Последнее изгнание” qoʻrqinchli kinokartinasi va boshqa premyeralar namoyishi boshlandi.
“Очи”
Qizaloq Yurayya okean o‘rtasidagi tog‘li orolda tug‘ilgan. Bu yerdagi qalin o‘rmonlarda ko‘plab yovvoyi hayvonlar yashaydi, ammo eng xavflisi sirli ohular hisoblanadi. Ba’zilar bu faqat bolalar uchun ertak deb o‘ylashadi, boshqalari esa bu dushman mavjudotlar deb hisoblashadi. Bir kuni Yurayya o‘rmonda yo‘qolgan ochi bolasini topadi va uni ota-onasiga qaytarishga qaror qiladi. Qizcha bu g‘ayrioddiy o‘rmon odami bilan til topishishi va odamlarga ulardan qo‘rqishdan ko‘ra, ochi bilan do‘st bo‘lish yaxshiroq ekanini isbotlashi kerak bo‘ladi.
“Бес попутал”
Ivanda xudbin odamda boʻladigan hamma narsa bor: yaxshi ish, ishonuvchan qiz, ma’shuqa va kelajak rejalari. Ammo baxtsiz hodisadan so‘ng u ayyor Iblisning qo‘liga tushib qoladi. Iblis kelishuv taklif qiladi: Ivan Anya ismli begunoh qizni narigi dunyoga jo‘natsa, do‘zaxga tushmaydi. Biroq u bilan tanishish uning hayotini o‘zgartiradi va Ivan bu qarorni qabul qilish oson emasligini tushunadi.
“Астрал. Мёртвое сердце”
Yuqori sinf o‘quvchisi So-mi jin chiqarish paytida vafot etadi. Qizchaning yuragi xasta edi va muvaffaqiyatli yurak jarrohi boʻlgan ota qizining yuragini ko‘chirib o‘tkazgani uchun o‘zini kechira olmaydi. Oila uch kunlik dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, ota esa So-mining ovozini, oʻzini qutqarishni soʻrayotganini eshita boshlaydi.
“Кукла. Реинкарнация”
Robototexnika bo‘yicha mutaxassis 11 yoshli o‘g‘lining o‘limidan so‘ng Robin ismli animatron qo‘g‘irchoqni yaratadi, u vafot etgan farzandiga juda o‘xshaydi. Erkak nihoyat katta qasrda o‘ziga sherik bo‘ladigan odamni topgandek tuyuladi. Vaholanki, dahshatli voqealar shuni ko‘rsatadiki, Robinning o‘z niyati bor, xo‘jayini esa buni xayoliga ham keltirmaydi.
“Зловещие мертвецы: Некрономикон”
Bir guruh yoshlar mashhur kolleksionerga tegishli katta villani o‘rganmoqchi. Ular yovuz kuchlarni ozod qiladigan qadimiy artefaktni topadi.