Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (15-may)

Oʻzbekiston kinoteatrlarida “Пункт назначения: Узы крови” qo‘rqinchli filmi, “Багровая отмель” jinoiy trilleri, “Царь царей” animatsion filmi va boshqa premyeralar namoyishi boshlandi.
“Пункт назначения: Узы крови”
Qaytalanaveradigan tungi dahshatlardan charchagan talaba Stefani bu siklni to‘xtata oladigan va oilasini o‘limdan qutqara oladigan odamni topish uchun uyiga qaytadi.
“Багровая отмель”
G‘avvoslar jamoasi oltin yuklangan cho‘kib ketgan mashinani suvdan olib chiqish uchun buyurtma oladi. Biroq bu ish ular uchun haqiqiy dahshatga aylanadi, chunki gʻavvoslar ulkan qotil akulaga duch keladi. Shaharning jinoiy kuchlari ham xazinani qidirishga kirishadi.
“Царь царей”
Ota o‘g‘liga dunyo tarixini so‘zlab beradi va tunda ertakdek boshlangan voqea uning hayotini o‘zgartiradigan rivoyatga aylanadi. Bola o‘z tasavvuri tufayli ajoyib mo‘jizalar olamiga sho‘ng‘iydi, bu esa unga umid va muhabbatning abadiy kuchini koʻrsatadi.
“Как заработать на убийстве”
Er-xotin Mishel va Katyaning hayoti allaqachon odatiylashgan: moliyaviy qiyinchiliklar va oilaviy turmush ularning bir-biri bilan muloqot qilish istagini o‘ldirgan. Shunday oddiy kunlardan biri kutilmaganda aql bovar qilmas voqealar zanjiriga aylanadi. Mishel o‘rmon yo‘lidagi avariyaga sababchi bo‘ladi. Asal surtilgan ikki murda, ulkan ayiq va ikki million yevrolik sumka xotini bilan yana gaplashish istagini uyg‘otishi mumkin.
“Потерянная принцесса”
Qorong‘ulik va sirlarga chulg‘angan, fojiali muhabbat xotirasini saqlaydigan qasr milliarder Alek Tuati uchun haqiqiy taqdir pardasini ochadigan boshlanish nuqtasiga aylanadi. U oʻz ttifoqchilarini topgach, qal’a merosini himoya qilish va ajdodlari uchun keskin kurashga kirishadi.
“Загадочное убийство Белль”
Pyer va uning rafiqasi Klea Fransiyaning chetidagi shinam yerda bir maromda hayot kechiradi. Er o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi, xotini esa dorixonani boshqaradi. Kunlarning birida er-xotin doʻstlarining qizi yosh Bell ularnikiga mehmonga keladi. Uning ma’sum go‘zalligi esa butun shaharni o‘ziga rom etadi. Bir necha kundan so‘ng qiz sirli holda vafot etadi, barcha dalillar esa aybdor uy egasi ekaniga ishora qiladi. Atrofda mish-mishlar tarqalmoqda. Endi Pyer oʻz nomini himoya qilishning birdan bir yo‘li sifatida qotilni o‘zi qidirib topishga qaror qiladi.
“Верный друг”
Yozuvchi Ayris Nyu-Yorkda tinch va yolg‘iz hayot kechiradi, bir kuni u o‘zining yaqin do‘sti va ustozidan kutilmaganda Apollon laqabli kuchukni meros qilib oladi. Bu olijanob, ammo o‘ta itoatsiz hayvon Ayrisga tezda buzilgan mebeldan tortib, ko‘chirib yuborish xavfigacha koʻplab muammolarni keltiradi. Ammo u yangi do‘sti bilan qancha ko‘p vaqt o‘tkazsa, ushbu yo‘qotishni yengishda yordam bera olishini shunchalik chuqur anglab yetadi.
“Одержимые: Наследие дьявола”
Otasining o‘limidan so‘ng, Grem ikki ukasini tashlab, oilaviy fermani tark etadi, yolg‘iz yashaydi va sodir bo‘lgan voqealarni unutishga harakat qiladi. Biroq u ukasi ham xuddi otasini qiynagan g‘alati kasallik bilan og‘riganini bilgach, qaytishga majbur bo‘ladi.
“Сущность. Семейный кошмар”
Buvisining o‘limidan so‘ng, faol va muvaffaqiyatli hayot kechirayotgan Rosario o‘z uyiga qaytadi. Shahardagi falokat tufayli tez yordam mashinasi yetib kela olmayapti va qiz tunni marhumaning yonida o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda. Qo‘shnisining aytishicha, buvisi nevarasini juda sog‘ingan va har kecha uning haqqiga duo qilgan. Ammo qorong‘i tushishi bilan uy narigi dunyo darvozasiga aylanadi, qizga yovuz kuchlar hujum qila boshlaganda, Rozario buvisi aslida kim uchun ibodat qilganini tushunadi. Endi qiz iblis bilan yakkama-yakka to‘qnashishi kerak. Bundan qutulish uchun u o‘z ajdodlarining sirlarini bilib olishi va bu oilaviy dahshatni butunlay yoʻq qilishi kerak.
“Umida (Fudziyama haqida tush)”
Film o‘z kasbiga sodiq, odamlarga haqiqiy psixologik yordam ko‘rsatadigan ayol — Umida haqida. U shifokor, o‘z ishining ustasi, oila bekasi, dilbar ayol sifatida namoyon bo‘ladi.