"Shaytanat", "Qoʻrgʻoshin" va boshqa oʻzbek filmlarida rol oʻynagan Mixail Kaminskiy vafot etdi
E’lon qilingan sana: · 86

Aktyor, rejissyor, Mark Vayl bilan birgalikda “Ilhom” teatrini yaratgan insonlardan biri Mixail Kaminskiy vafot etdi.
Kaminskiy bir qator oʻzbek filmlarida rol ijro etgan. Jumladan, “Shaytanat” serialida arman mafiasi obrazini gavdalantirgan. Shuningdek, “Yuzma-yuz”, “Nazira”, “Qoʻrgʻoshin” kabi kinokartinalarda suratga tushgan.
Bundan tashqari, u bir qator teatrlarda ham faoliyat koʻrsatgan. 2022-yildan BDKI Toshkent filialida aktyorlik ustaxonasi rahbari boʻlib faoliyat yuritib kelayotgandi.