“Нагота”, “Куралай” va “Побег / Между” filmlari namoyishi

kinoxona art-kinoteatrida “Нагота”, “Куралай” va “Побег / Между” filmlari namoyish etiladi.
Sabina Bakayevaning Berlin kinofestivalida namoyish etilgan “Нагота” debyut filmi shaxsiy erkinlik va ayollarga ijtimoiy bosim mavzularini oʻrganadi.
Rejissyor Ayshula Ayshayeva tomonidan suratga olingan “Куралай” filmi besh farzandning onasi Quralayning kechayu kunduzni shahar bozorida makkajo‘xori xarid qilish, pishirish va sotish bilan o‘tkazayotgani haqida hikoya qiladi.
Rejissyor Gulnoza Irgashevaning “Побег / Между” filmi sevgan insoni bilan munosabatlarini oʻrganuvchi loyiha sifatida boshlangan, biroq ish davomida u oʻz shaxsiyatini chuqurroq oʻrganishga kirishgan.
Rejissyorlar: Sabina Bakayeva, Ayshula Ayshayeva, Gulnoza Irgasheva.
Janr: hujjatli film.
Yil: 2025.
Subtitrlar: ruscha.
Chiptalar narxi: 50 000 soʻmdan.
Ma’lumot uchun telefon raqami: (+998) 90−005−2646.