Kianu Rivz ishtirokidagi “Good Fortune” komediyasining ilk treyleri chiqdi

“Lionsgate” kompaniyasi Kianu Rivz ishtirokidagi yangi “Good Fortune” komediyasining treylerini e’lon qildi.
Gabriel — “arzon” qoʻriqchi farishta bo‘lib, odatda kichik noqulayliklarni oldini oladi, masalan, yo‘lda sms yozish yoki nafas olishda qiynalish kabi holatlar. U muhimroq vazifa izlab, qiyin ahvolda qolgan ishchi Arj va uning boy ish beruvchisi Jeff o‘rtasida tana almashinuvini uyushtirish orqali Arjga yordam berishga qaror qiladi. Biroq reja oʻylangandek boʻlib chiqmaydi, Arj yangi hayotdan zavq olayotgan bir paytda, Gabriel qanotlarini yo‘qotib, Yerga tushib qoladi va u yerda Jeff bilan bir xonada yashashga majbur bo‘ladi.
“Good Fortune” filmi komik va aktyor Aziz Ansoriyning rejissyorlik debyuti hisoblanadi. Filmda Rivzdan tashqari Set Rogen, Keke Palmer, Sandra O va Ansoriyning o‘zi ham suratga tushgan.
Filmning premyerasi 17-oktyabrga rejalashtirilgan.