Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish haqida "Haqqim bor" qisqa metrajli filmi ishlandi

E’lon qilingan sana· 301
Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish haqida "Haqqim bor" qisqa metrajli filmi ishlandi

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish milliy missiyasi doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan suratga olingan “Haqqim bor” nomli qisqa metrajli filmi premyera qilindi.

Kinokartina real voqealarga asoslangan bo‘lib, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda bolalar boshidan kechirgan turli shakldagi zo‘ravonlik holatlarini badiiy koʻrinishda yoritadi.

Asarda uchta bola, uch xil og‘riqli holat, uch xil zo‘ravonlikni koʻrish mumkin. Filmda ishlatilgan eng kuchli vizual ramzlardan biri — bolalarning yelkalarida o‘z uylarining kichkina modellari bilan yurishidir.

Bu sahna o‘zida chuqur ma’no aks ettiradi: bola eng xavfsiz bo‘lishi kerak bo‘lgan joylarda — uy, maktab, bog‘chada o‘zini xavf ostida his qiladi. Bu xavf bola ruhiyatiga og‘ir yuk bo‘lib joylashadi. Ular ushbu “uy yukini” nafaqat jismonan, balki ruhiy jihatdan ham doimo ko‘tarib yuradi.

Film ijodiy jamoasi:

  • Ssenariy muallifi va rejissyor: Lado Kvataniya

  • Bosh operator: Vladimir Ushakov

  • Ijrochi prodyusser: Lado Kvataniya

  • Ijodiy direktorlar: Farrux Sharif, Zamira Raxmanova

  • Prodyuserlar: Nelya Axmedova, Kamoliddin Xamrayev

Filmda har bir sahna, har bir kadr tomoshabinga aytilmagan, biroq yurakdan o‘tgan so‘z bo‘lib ta’sir qiladi. Bu film — bolalar qichqirig‘ini eshitishga, ularni tinglashga va eng muhimi, himoya qilishga chorlaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling