Yozgi kayfiyat uchun 10 ta film

E’lon qilingan sana· 360
Yozgi kayfiyat uchun 10 ta film

Oʻzbekistonda yoz bayramlar bilan boshlanadi. Bolalar maktab imtihonlarini topshirib, yengillikni his qiladi. Kattalar esa dam olish uchun manzillar izlashni boshlaydi. Mana shu kunlarda yozni yanada yaxshiroq his qilishga yordam beradigan kinokartinalarni koʻrish mumkin

Ushbu jamlanmada Afisha.uz oʻz an’anasiga sodiq qolgan holda yozgi kayfiyatni berishi mumkin boʻlgan jahon va oʻzbek kinolari haqida ma’lumot beradi.


La La Land

Raqslar, orzular, muhabbat va ayriliq — ushbu film haqida gap ketganda aynan shu soʻzlar eslanadi. Damien Shazel tomonidan suratga olinga film yozning issiq kunlari va iliq kechalari vaybini berishi aniq.

Jaz pianinochisi Sebastyan va los-anjeleslik havaskor aktrisa Mia o‘z orzularini amalga oshirishga intiladi. Film nomi bir vaqtning o‘zida Los-Anjeles shahriga va reallik bilan aloqani yo‘qotishni anglatuvchi idiomaga ishora qiladi.

Filmni tomosha qilish.


Vicky Cristina Barcelona

Issiq oʻlkalar doim yozgi kayfiyat ulashishda yetakchi boʻladi. Barselon shahri ham shular jumlasidan. Rejissyor Vudi Allen tomonidan olingan filmda yozda nafaqat Barselona balki Ispaniyaning boshqa goʻzal goʻshalarini koʻrish mumkin.

Amerikalik ikki yosh qiz Viki va Kristina yozgi ta’tilni Barselonada o‘tkazadi va bu shaharga juda maftun bo‘lib qoladi. Ular Antonio ismli yosh rassom bilan tanishadi. Viki yolgʻiz qolishga qaror qiladi, Kristina esa Antonio bilan birga ketadi.

Filmni tomosha qilish.


Midnight in Paris

Sayohatni davom ettiramiz va Barselonadan Parijga “uchamiz”. Bosh qahramon bilan birga 1920-yillardagi tungi Parij koʻchalarini aylanish imkoniyati yozgi kayfiyatni bera oladi.

Gil Pender sodda Gollivud yozuvchisi boʻlib, Fransiya poytaxtida 1920-yillarda boʻlgan hayotda yashashni orzu qiladi. Pender mutlaqo mistik tarzda oʻsha vaqtga tushib qoladi. Gil qallig‘i bilan Parijga kelgach, uni mehmonxonada qoldirib, o‘zi tungi shahar bo‘ylab sayrga chiqadi.

Filmni tomosha qilish.


The Kings of Summer

Yozning asosan bolalar bilan birga oʻtadi. Maktabni yakunlagandan soʻng, dam olishga chiqqan bolalar bilan birga tomosha qilish uchun ushbu kinokartina toʻgʻri keladi.

Jo, Patrik va Biadjo ismli uch do‘st kattalarning g‘amxo‘rligidan bezib, ota-onalarining uyidan qochib ketadi. Ular qalin o‘rmonda boshpana quradi, ovga chiqadi va chinakam erkak bo‘lishni o‘rganadi. Biroq ularning hayotidagi eng yaxshi yoz oʻtayotgan boʻlsa ham barcha narsalar kabi yakuniga yetadi.

Filmni tomosha qilish.


Aftersun

2022-yilda premyera qilingan va bosh rol ijrochisi Pol Meskonning nomzodi Oskar mukofotiga qoʻyilgan kinokartina yozgi Turkiyani koʻrish imkoniyatini beradi.

11 yoshli Sofi yozgi ta’tilni otasi bilan Turkiyada oʻtkazadi. Filmda voyaga yetgan Sofining bu ta’til haqidagi xotiralari aks ettirilgan boʻlub, u otasini tushunishga harakat qiladi.

Filmni tomosha qilish.


Ticket to Paradise

Juliya Roberts va Jorj Kluni juftligning oʻziyoq filmga boʻlga qiziqishni oshiradi. Ushbu filmda yozni koʻpchilik borishni xohlaydigan “Bali"da oʻtkazamiz.

Ajrashgan er-xotin yana birlashadi va Baliga yoʻl oladi. U yerda ota-ona qizi Lilining mahalliy erkakka turmushga chiqishiga to‘sqinlik qilmoqchi. Ularning fikricha, qiz 25 yil avvalgi xatoga yo‘l qo‘ymoqda.

Filmni tomosha qilish.


Palm Springs

Afsonaviy “Sugʻur kuni” filmi stilida suratga olingan film ham qayta-qayta koʻrishga arziydi. Unda quyoshli Palm Springs shahridagi toʻy vaqtida vaqt chigʻirigʻida qolib ketgan yigit va qiz haqida soʻz boradi.

Birovning to‘yi kuni vaqt sirtmog‘ida qolib ketgan Naylz va Sara endi bir xil qadah so‘zlari va qo‘shiqlarni tinglay olmaydilar. Ammo ularning ixtiyorida Palm-Springsda bitmas-tuganmas yoz va o‘zlarining eng yovvoyi g‘oyalarini amalga oshirish uchun son-sanoqsiz hayot bor.

Filmni tomosha qilish.


Abdullajon

Yoz vaybini beradigan oʻzbek filmlari haqida gap ketsa darhol rejissyor Zulfiqor Musoqov xayolga keladi. Uning “Abdullajon” ilmiy-fantastik filmi jamlanmaga mos tushadi.


Kichkina tabib

Zulfiqor Musoqov filmlarini eslashda davom etamiz. “Nola” guruhining “Sensan sevarim” qoʻshigʻi bilan boshlanadigan kinokartina oʻzbek kinosi klassikasiga aylangan.


Togʻlik kuyov

1999-yilda suratga olingan va oʻz davrining eng kassabop filmlaridan biri boʻlgan “Togʻlik kuyov” filmi ham yozni yaxshiroq his qilishda yordam beradi. Shuningdek, kinokartinada Toshkentdagi bogʻlardan birining XX asr yakunida qanday koʻrinishda boʻlganini ham koʻrish mumkin.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling